FIFA reytingi yangilandi: Oʻzbekiston 10 pogʻona pastga tushdi
AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkazilgan JCh-2026 turniri yakunlanganidan soʻng FIFA terma jamoalar yangi reytingini e'lon qildi.
Jahon chempionlari Argentina terma jamoasini ortda qoldirdi. Frantsiya terma jamoasi uchinchi pogʻonada qoldi. Reyting yangilangandan soʻng eng katta sakrashni Norvegiya terma jamoasi amalga oshirdi – darhol 12 pogʻona yuqoriladi. Germaniya kuchli oʻnlikdan chiqib ketdi.
Top-20 roʻyxati quyidagicha:
1.Ispaniya;
2.Argentina;
3.Frantsiya;
4.Angliya;
5.Braziliya;
6.Marokash;
7.Portugaliya;
8.Belgiya;
9.Niderlandiya;
10.Meksika;
11.Kolumbiya;
12.Germaniya;
13.Xorvatiya;
14.Shveytsariya;
15.Italiya;
16.AQSh;
17.Yaponiya;
18.Senegal;
19.Norvegiya;
20.Urugvay.
JCh-2026 guruh bosqichining uchchala oʻyinida ham magʻlubiyatga uchragan Oʻzbekiston terma jamoasi 10 pogʻona pastga tushdi va endi 60 oʻrinni egallab turibdi.
Osiyo jamoalari
17.Yaponiya
22.Eron
28.Avstraliya
32.Janubiy Koreya
58.Saudiya Arabistoni
59.Qatar
60.Oʻzbekiston
63.Iroq
68.BAA
73.Iordaniya
Manba: championat.asia
Izohlar 0