FIFA JCh-2026 finalidan soʻng Ispaniya terma jamoasi suratidan Trampni olib tashladi
Tahririyat
•
•
9
AQSh Prezidenti gʻoliblarga sovrinni topshirdi va futbolchilar bayram qilayotgan paytda podiumda qoldi. FIFA matbuot xizmati Jahon chempionatining X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy akkauntida ispaniyaliklarning bayram qilayotgan suratini joylashtirdi, uni shunday qirqildiki, Tramp kadrga tushmay qoldi. Shundan soʻng akkauntda AQSh Prezidenti koʻrinadigan birorta ham surat e'lon qilinmadi. Ispaniya terma jamoasi ham dastlab X sahifasiga Trampsiz suratni joylagan, ammo siyosatchi ispaniyaliklarning boshqa postidagi suratda koʻrinadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0