FIFA Jahon chempionati oʻyini ishlab chiquvchilari deyarli barchasi va birdaniga ishdan boʻshatildi
Toʻrtta qadrdon harfni pul qilishga qaratilgan boshqa urinishlar esa barbod boʻlmoqda.
Futbol boʻyicha Jahon chempionatiga atab Netflix oʻz platformasida FIFA Jahon chempionati: Launch Edition oʻyinini chiqardi — eng yirik futbol tashkiloti bilan hamkorlikda yaratilgan bu oʻyinni smartfon orqali boshqarish taklif qilingan edi.
"Bizning yangilangan oʻyinimiz haqiqatdan ham raqamli futbolning yangi davri boshlanishidan darak beradi", — degan edi FIFA prezidenti Janni Infantino Netflix matbuot relizida. Biroq relizdan soʻng loyiha tanqidlarga uchradi va raqobatchilar fonvida haqiqatdan ham yomon koʻrindi. Endi esa uning mualliflari studiyasi deyarli toʻliq tarkibda ishdan boʻshatildi: Refactor Games taxminan 80 kishini yoki oʻz shtat xodimlarining 85 foizini qisqartirdi.
Bunga moliyalashtirishning toʻsatdan toʻxtatilishi sabab boʻldi. LinkedIn'dagi sobiq xodimlarning soʻzlariga koʻra, ular ogohlantirishsiz ishdan boʻshatilgan — qisqartirishlar e'lon qilingan umumiy yigʻilish 31 iyul kuni boʻlib oʻtgan. Netflix jurnalistlarga vaziyat boʻyicha izoh berishdan bosh tortdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0