"Fenerbaxche" Grinvudni "Marsel"dan 40 mln evro va bonuslarga sotib oladi
Tahririyat
•
•
3
RMC Sport xabariga koʻra, Turkiya klubi "Marsel" bilan 24 yoshli vingerning transferi boʻyicha kelishuvga yaqin turibdi. Transfer 40 million evro va bonuslarga baholanmoqda. Kelishuv summasining 40 foizini Grinvudning sobiq klubi "Manchester Yunayted" oladi.
Futbolchi "Fenerbaxche" bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi va mavsumiga taxminan 10 million evro ishlab topadi.
Ta'kidlanishicha, Grinvudga "Atletiko" ham taklif bilan chiqqan, ammo ingliz futbolchisi Turkiya jamoasini tanlagan.
Oʻtgan Liga 1 mavsumida Meyson 32 ta oʻyinda 16 ta gol urib, "Marsel"ning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0