APL. Yozgi transfer oynasida 237 mln funt sarflagan “Tottenxem” ilk turda “Brentford”ga yirik hisobda magʻlub boʻldi
“Shporlar” "Brentford"ga safarda yirik hisobda magʻlub boʻlishdi — 0:3.
Oʻyinning 12-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Kin Lyuis-Potter oʻzini koʻrsatdi. 33-daqiqada yarim himoyachi Vitaliy Yanelt jamoasining ustunligini oshirdi, 49-daqiqada esa himoyachi Maykl Kayode yakuniy hisobni oʻrnatdi.
Bu yozda "shporlar" yangi oʻyinchilar uchun 237 million funt sarfladi: Sandro Tonali "Nyukasl"dan 100 mln funtga, Mateush Fernandesh - "Vest Xem"dan 85 mln, Jan-Pol van Xekke "Brayton"dan 52 mln. Shuningdek, jamoaga Markos Senesi, Endryu Robertson va Martin Dubravka bepul qoʻshildi. Bundan tashqari, londonliklar "Manchester Siti"dan Savino va Omar Marmushni sotib olishga yaqin.
"Tottenxem” oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra APL turnir jadvalida 41 ochko jamgʻarib, 17-oʻrinni egalladi.

Manba: championat.asia
Izohlar 0