Fidbol.net

Fayzullaevning birinchi murabbiyi: Abbos hayajonlandi, lekin qoʻrqmadi — JCh-2026 da bor kuchini berdi

Tahririyat 1
Fayzullaevning birinchi murabbiyi: Abbos hayajonlandi, lekin qoʻrqmadi — JCh-2026 da bor kuchini berdi

"Men Abbos uchun xuddi oʻz shogirdimdek juda xursandman. U Oʻzbekistonning jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi, u bilan juda faxrlanaman. Qaysidir vaziyatda hayajon boʻldi, lekin bu tabiiy hol. Qoʻrquv esa yoʻq edi — u harakat qildi. Fayzullaev ba'zi vaziyatlarda yaxshiroq oʻynashi mumkin edi, lekin men uning bor kuchini berganini bilaman. Hujumda yaxshi oʻynadi, tezkorlik bilan himoyaga qaytdi. Futbolchilar mana shunday chiniqadi va shakllanadi. Abbos ayni damda qoʻlidan kelgan eng maksimal harakatni qildi, ammo oʻsishda davom etadi deb oʻylayman.

Jahon chempionatida skautlar futbolchilarni kuzatib borishmoqda. Ba'zi vaziyatlarda Abbos oʻz potentsialini toʻliq namoyish eta olmadi. Ammo agar uni payqab, top-chempionatga taklif qilishsa, barchamiz xursand boʻlamiz", — dedi An.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring