Ekspert fikri. Islom Inomov: "Kolumbiya bilan oʻyinga koʻp narsa bogʻliq"
Vakillarimiz Kanada va Niderlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlaridan soʻng ilk turda Kolumbiya bilan kuch sinashadi.
Tabiiyki, turnirdagi debyut bahsni koʻpchilik hayajonda kutmoqda. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov Jahon chempionati oldidan Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Islom Inomovning fikrlari bilan qiziqdi.
"Birinchi marotaba Jahon chempionatiga chiqdik. Endi faqat yaxshi niyatlar bilan terma jamoamizga muxlislik qilamiz. Guruh bosqichida jismoniy sifatlar koʻproq rol oʻynaydi. Shunday oʻyinlar boʻladiki qaysi biri favoritligini ayta olmaysiz. Oxirgi uchrashuvlarda koʻryapmizki yigitlarimiz yomon oʻyin koʻrsatayotgani yoʻq. Kuchli raqiblar bilan oʻnay olishyapti.
Kolumbiya bilan uchrashuvda birinchi ochkoni qoʻlga kiritib olish muhim. Keyingi oʻyinlar ham shunga bogʻlanib ketadi. Turnirni ochko bilan boshlasak bosim ham yoʻqoladi”,- deydi Islom Inomov.
Ma'lumot uchun, Kolumbiya bilan bellashuv 17 iyun kuni soat Toshkent vaqti bilan 7:00 da start oladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0