Fidbol.net

Diyego Simeone "Atletiko"dagi kelajagi borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Tahririyat 18
Diyego Simeone "Atletiko"dagi kelajagi borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘zining jamoadagi kelajagiga oid barcha shubha-gumonlarga chek qo‘ydi.

Argentinalik mutaxassis jamoadagi faoliyatini davom ettirishini shaxsan o‘zi tasdiqladi. Bu haqda nufuzli insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

"To‘g‘risini aytsam, men allaqachon keyingi mavsum haqida o‘ylayapman. Men qolaman va hozirda bor fikru xayolim yangi mavsumga aynan qanday tarzda yondashish bilan band", — dedi Diyego.

Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Ispaniya OAVlarida "El Cholo"ning "matraschilar" boshqaruvida kamida yana bir yil qolish ehtimoli 95 foizga baholanayotgan edi. Endilikda ushbu prognozlar murabbiyning o‘z bayonoti bilan rasman tasdiqlandi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring