Fidbol.net

Desham chorak final bahsiga argentinalik Telo tayinlangani haqida: "Raqibimiz Marokash, hakam emas”

Tahririyat 6
Desham chorak final bahsiga argentinalik Telo tayinlangani haqida: "Raqibimiz Marokash, hakam emas”

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Marokashga qarshi oʻyinga argentinalik hakam tayinlangani uni xavotirga solmayotganini aytdi. Jamoalarning JCh-2026 chorak finalidagi uchrashuvi payshanba, 9 iyul kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuvning bosh hakami etib argentinalik Fakundo Telo tayinlandi.

"Yoʻq, hech qanday savol yoʻq. Sizda savollar tugʻilishi mumkin, lekin meni bu xavotirga solmayapti. Umid qilamanki, referi yaqinda boʻlib oʻtgan oʻyindagi (Argentinaning Misr ustidan 3:2 hisobidagi gʻalabasi) Letekse va uning brigadasi kabi yaxshi ishlaydi. Raqibimiz Marokash, hakam emas. Aksincha, u oʻyin qoidalarini imkon qadar aniqroq qoʻllash uchun shu erda", — dedi Desham.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring