Fidbol.net

De la Fuente "Oltin toʻp" haqida: "Ispaniyaliklar gʻalaba qozonishini xohlayman"

Tahririyat • • 2
De la Fuente "Oltin toʻp" haqida: "Ispaniyaliklar gʻalaba qozonishini xohlayman"

Yozda Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida zafar quchgan 65 yoshli mutaxassis “Fransiya Football” talqini boʻyicha 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi boʻlishga da'vogarlik qilmoqda. Undan tashqari nomzodlar safiga Mikel Arteta, Unai Emeri, Vensan Kompani va Luis Enrike ham kiritilgan.

"Men mezonlar qanday ekanini bilmayman, lekin har doim ispaniyaliklar — futbolchilar ham, murabbiylar ham gʻalaba qozonishini xohlashimni aytib kelganman. Menimcha, bunga loyiq boʻldik, qolganini esa koʻramiz. Nomzodlar qatorida boʻlishning oʻzi katta sharaf va faxrdir. Men baxtiyorman", – deya de la Fuentening soʻzlarini keltiradi AS nashri.

2026 yilning eng yaxshi murabbiyi nomi 26 oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadigan "Oltin toʻp" topshirish marosimida e'lon qilinadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring