Fidbol.net

De la Fuente Ispaniyaga "Barsa"dan yangi futbolchini chaqiradi

Tahririyat 3
De la Fuente Ispaniyaga "Barsa"dan yangi futbolchini chaqiradi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente juma kuni navbatdagi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qiladi. Milliy jamoaga chaqirilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Xavi Espart ham bor.

Yarim himoyachi yangi mavsumni yuqori saviyada boshladi va o‘z o‘yini bilan Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi e’tiborini tortdi.

Agar Espart tarkibga kiritilsa, u jahon chempionligidan so‘ng emblemasi ustida ikki yulduz aks etgan libosda maydonga tushadigan Ispaniya terma jamoasining ilk chaqiruvidan joy olishi mumkin.

Espart shu yozda Uelsda o‘tkazilgan U-19 Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Ispaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi edi. Musobaqa davomida u o‘zining asosiy pozisiyasi — markaziy yarim himoyada harakat qildi.

Yangi mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari uni endi asosiy milliy jamoa e’tiboriga olib chiqdi. De la Fuente Espartni tarkibga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring