Fidbol.net

Dalich 9 yildan soʻng Xorvatiya terma jamoasini tark etdi

Tahririyat 4
Dalich 9 yildan soʻng Xorvatiya terma jamoasini tark etdi

Xorvatiya terma jamoasi JCh-2026 turniridan Portugaliyaga qarshi kechgan 1/16 final uchrashuvidagi magʻlubiyatdan (1:2) soʻng chiqib ketdi.

Dalich milliy terma jamoani 2017-yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qoʻl ostida xorvatlar 2018-yilgi jahon chempionatida kumush, 2022-yilgi jahon chempionatida esa bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Bundan tashqari, mutaxassis jamoani 2023-yilgi Millatlar ligasida kumush medallarga olib chiqdi va uning 2020 va 2024-yilgi Evropa chempionatlari hamda 2026-yilgi jahon birinchiligida ishtirok etishini ta'minladi.

Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) xabar berishicha, tashkilot qarorgohida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Dalich prezident Maryan Kustichga 2026-yilgi jahon chempionatidan soʻng terma jamoa boshqaruvidagi ishini yakunlayotganini ma'lum qilgan.

HNS bayonotida qayd etilishicha, Dalich Xorvatiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy va jamoa bilan ishlash davomiyligi boʻyicha rekordchi sifatida lavozimini tark etmoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring