"Biz ham iflos oʻynashni bilamiz". Mbappe Paragvay futbolchilarining JCh oʻyinidagi harakatlariga javob qaytardi
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi va yagona golga Mbappe mualliflik qildi.
"Biz Paragvayga koʻrsatib qoʻydik: agar ular iflos oʻynashni istashsa, biz ham iflos oʻynay olamiz... Agar ular bizni haqorat qilishsa, biz ham xuddi shunday javob beramiz. Agar qoʻlimizni loy qilishga toʻgʻri kelsa, buni qilamiz. Ular bizni maydonga smokingda chiqadi deb oʻylashgan shekilli, vaholanki, biz ham iflos oʻynashni bilamiz", — deya Mbappening soʻzlarini iqtibos keltirdi jurnalist va insayder Fabritsio Romano oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ta'kidlab oʻtish joizki, uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida paragvayliklar Mbappeni muvozanatdan chiqarish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi: uni turtishdi va haqorat qilishdi. Final xushtagi chalinganidan keyin ham Janubiy Amerika vakillari mushtalashuv keltirib chiqarishga urinishdi, biroq bu ish bermadi. Mbappe barcha provokatsiyalarga faqat kulib javob qaytardi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0