Fidbol.net

Bellingemning ukasi Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Tahririyat 3
Bellingemning ukasi Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Jud Bellingemning ukasi Job Bellingem yaqinlashib kelayotgan xalqaro tanaffus paytida faoliyatida birinchi marta Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin. Bu haqda TeamTalk xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, "Uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel va uning yordamchilari yosh futbolchining o‘yinidan taassurot olishgan va kichik Bellingem jamoaga chaqirilgan uchta istiqbolli yosh yulduzlardan biri bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yozdan beri Bellingem "Borussiya Dortmund"da o‘ynab kelmoqda. Uning asosiy pozisiyasi markaziy yarim himoyachi, ammo u markaziy hujumkor yarim himoyachi yoki tayanch yarim himoyachisi sifatida ham o‘ynashi mumkin.

Angliya terma jamoasi yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring