Ispaniya ustozi: "Yamal "Oltin to‘p"ni oladi"
Tahririyat
•
•
3
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi "Oltin to‘p"ga loyiq deb hisoblaydi.
"Yamal "Oltin to‘p"ni yutishi mumkin, chunki u ispan va ajoyib o‘yinchi. Agar bu yil bo‘lmasa, keyingi yil. Menimcha, uni yutish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmaydi", - dedi ispaniyalik murabbiy.
O‘tgan mavsumda 19 yoshli jahon chempioni "Barselona" safida 45 ta klub o‘yinida maydonga tushib, 24 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma bergan. Yamal Ispaniya ligasi va Qirollik kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Chempionlar Ligasining chorak finaliga chiqqan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0