Fidbol.net

Belgiya terma jamoasi JCh-2026 oldidan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida Xorvatiyani magʻlub etdi

Tahririyat 2
Belgiya terma jamoasi JCh-2026 oldidan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida Xorvatiyani magʻlub etdi

Oʻyin Xorvatiyaning Rieka shahridagi "Ruevitsa" stadionida boʻlib oʻtdi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Xorvatiya - Belgiya 0:2
Gollar: Tilemans 38, Lukaku 90+6.

Uchrashuv tafsilotlari:
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans 38-daqiqada oʻyindagi birinchi golni urdi.
Hujumchi Romelu Lukaku 90+6-daqiqada Belgiyaning ustunligini ikki barobarga oshirdi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu jamoalar yaqin orada AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishadi. Turnir oʻyinlari 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.
Xorvatiya terma jamoasi guruh bosqichida "L" guruhida Angliya, Panama va Gana jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Belgiya esa "G" guruhida Misr, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Manba: championat.asia

Jamoalar
O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring