«Barselona» La Liga tarixida barcha 19 ta uy uchrashuvida g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi
Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya La Ligasi tarixida mavsum davomida o‘z maydonidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. 2025/2026 yilgi mavsumning so‘nggi uy o‘yinida, 37-tur doirasida «ko‘k-anorranglilar» «Betis»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoalar Barselona shahridagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida maydonga tushishdi.
Bunga qadar Ispaniya La Ligasida hech bir jamoa mavsumni uy uchrashuvlarida ochko yo‘qotmasdan yakunlamagan edi.
«Barselona» 2025/2026 yilgi La Liga mavsumida jami bir durang va beshta mag‘lubiyat qayd etgan. Ularning barchasi safar o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan.
Ispaniya — La Liga. 37-tur
2026 yil 17 may, yakshanba. 22:15
«Barselona» — «Betis» 3:1
Gollar: Rafinya 28, 62; Joau Kanselu 74 — Isko 69 (penalti)
Manba: stadion.uz
Izohlar 0