APL. Kurash davom etadi: "Manchester Siti" "Kristal Pelas"ni yirik hisobda magʻlub etdi
“Manchester Siti” — “Kristal Pelas” 3:0
Gollar: 32 - Antuan Semeno, 40 - Omar Marmush, 84 - Savio
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateush Nunesh (6. Natan Ake, 58’), 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 24. Yoshko Gvardiol (11. Jeremi Doku, 58’), 21. Rayan Ait-Nuri, 42. Antuan Semeno, 20. Bernardu Silva (8. Mateo Kovachich, 79’), 26. Savio, 47. Fil Foden (5. Jon Stounz, 82’), 7. Omar Marmush (10. Rayan Sherki, 79’).
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 3. Ruben Diash, 4. Teyani Reynders, 9. Erling Xoland.
“Kristal Pelas”: 1. Din Xenderson, 26. Kris Richards, 5. Maksans Lakrua, 23. Jeydi Kanvo, 11. Brennan Jonson (18. Daiti Kamada, 75’), 2. Daniel Munos (17. Nataniel Klayn, 82’), 8. Xefferson Lerma, 19. Uill Xyuz (20. Adam Uorton, 60’), 3. Tayrik Mitchell, 10. Yeremi Pino (7. Ismaila Sarr, 60’), 14. Jan-Filipp Mateta (22. Yyorgen Strann Larsen, 60’).
Zaxira: 44. Valter Benites, 34. Shadi Riad, 59. Rio Kardines, 55. Jastin Devenni.
Ogohlantirishlar: 52 - Tayrik Mitchell, 81 - Daiti Kamada
🕛 90+6. Oʻyin yakunlandi.
90+2. Savinoning tomirlari tortishib qoldi. Biroq u oʻyinni davom ettirmoqda. Nima boʻlganda ham, salomatlik tilaymiz!
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qoʻshib berildi.
90. Sarr yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, biroq kuchsiz boʻldi.
86. Yana Sherkidan zoʻr uzatma boʻldi, Savioning bu safargi zarbasi oʻxshamadi…
85. Oʻyin masalasi hal boʻldi, buyogʻiga jamoalar oʻyinni yakunlab qoʻysa boʻldi.

⚽️ 84. GOL! Savino hisobni yiriklashtirdi! Sherki ajoyib yurish qilib toʻpni sherigiga uzatdi, braziliyalik vinger esa gol urdi!
83. Larsen juda yaxshi vaziyatga chiqib borib toʻpni darvozaga yoʻlladi, ammo noaniq ketdi.
🟨 81. Kamada “Siti” jarima maydonchasi ichida yaxshi vaziyatga chiqib borib yiqildi, biroq bu vaziyatda yaponiyalik futbolchi simulatsiya koʻrsatgani ma'lum boʻldi. Unga sariq kartochka koʻrsatildi.
77. Semeno oʻng qanotdan oldinga yurish qildi, toʻpni markazga - Dokuga uzatgandi, ammo oʻta kuchsiz chiqdi uzatma.
73. Temp deyarli yoʻq, deyish mumkin. Mehmonlar vaziyatlar yaratishga imkon izlamoqda.
67. Husanov endi oʻng qanotda oʻynamoqda.
63. Sarr Bernarduning xatosidan foydalanib oldinga yurish qildi, zarba berdi, biroq kuchsiz chiqdi va toʻpni Donnarumma ushlab oldi.
🔄 60. Oʻzgarishlar navbati mehmonlardan: biryoʻla uchta futbolchi almashdi.
59. “Man Siti” yaxshi kombinatsiya uyushtirdi, yakuniy zarbani Marmush berdi, biroq noaniq boʻldi.
🔄 58. “Shaharlik”lar biryoʻla ikkita oʻzgarish amalga oshirdi.
56. Tan olish lozim, boʻlimlar hujumlarga bosh boshlanmoqda. Gvardiola shogirdlari hujumga intilmoqda.
🕛 46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.
🕘 45+1. Dastlabki boʻlim yakunlandi.
45. Birinchi boʻlimga 1 daqiqa qoʻshib berildi.
43. Foden bugun zoʻr oʻynayapti: navbatdagi uzatmasini Gvardiol bosh bilan darvozaga yoʻlladi, darvozabondan seyv!
41. Asosiy tarkibning aksariyat qismi maydonga tushmagan boʻlsa-da “Siti” birinchi boʻlimdayoq masalani hal qilmoqchi.

⚽️ 40. GOL! Marmush hisobni ikkitaga oshirdi! Foden oʻziga uzatilgan toʻpni ajoyib tarzda sherigiga uzatdi, Omarning zarbasi aniq boʻldi!
37. Yaxshi hujum boʻlgandi “Siti”dan, Savio oldinga yurish qilib toʻpni Marmushga uzatdi, biroq Omar yakuniy zarbani berolmadi.
33. Darhol javob hujum boʻldi “Kristal Pelas”dan! Matetaning zarbasini Donnarumma qaytardi!

⚽️ 32. GOL! Semeno hisobni ochdi! Bernardu hujumni boshladi, Foden super pas bilan Antuanni toʻp bilan ta'minladi, uning zarbasi esa golga aylandi!
25. Boʻlimning yarmidan koʻpi ortda qoldi, biroq aytish kerakki, hozircha golga tortadigan xavfli vaziyat koʻrmadik.
20. Ayt-Nuri chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib zarba berdi, ammo noaniq boʻldi.
17. Abduqodir Husanovning chamasi 25 metrlardan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi.
13. Burchakdan uzatilgan toʻpni Richards bosh bilan darvozaga yoʻlladi, ammo aniq boʻlmadi.
12. Yana mehmonlardan hujum: chap qanotdan boshlangan hujum natijasida toʻp markazga koʻchdi, yakuniy zarbani Pino berdi, toʻp rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
6. Endi “shaharliklar” toʻp nazoratini qoʻlga olib, hujumga intilmoqda.
2. Mehmonlardan ilk daqiqalardanoq xavfli hujum! Chapdan uzatilgan toʻpni Mateta darvozaga yoʻlladi, Jijji toʻpni qaytarib yubordi. Aftidan, toʻp darvozaga kirgandi, ammo bu vaziyatda offsayd boʻlgan ekan.
🕛 1. Oʻyin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 31-turidan oʻrin olgan qoldirilgan bahs - “Manchester Siti” — “Kristal Pelas” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
Manba: championat.asia
Izohlar 0