Fidbol.net

APL. «Everton» oxirgi daqiqada «Manchester Yunayted» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Tahririyat • • 58
APL. «Everton» oxirgi daqiqada «Manchester Yunayted» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Angliya Premyer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 3-turidan o‘rin olgan «Everton» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Hakamning final hushtagidan so‘ng 2:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuv Liverpuldagi «Xill Dikinson» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida Lesterdan kelgan Jon Bruks ish olib bordi.

Brayan Mbeumo 46-daqiqada hisobni ochdi va mankunianliklarni oldinga olib chiqdi. Tayrik Jorj 83-daqiqada muvozanatni tikladi. Mehmonlarning ikkinchi golini 88-daqiqada Benyamin Sheshko kiritdi. Eynsli Meytlend-Nayls esa 90+6-daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Everton» besh ochko bilan APL turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. «Manchester Yunayted» esa to‘rt ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring