Fidbol.net

Andrey Shipilov: "Oʻzingizning sevimli ishingizga bunday munosabatda boʻlish yaramaydi"

Tahririyat 3
Andrey Shipilov: "Oʻzingizning sevimli ishingizga bunday munosabatda boʻlish yaramaydi"

Andrey Shipilov: “Oʻzingizning sevimli ishingizga bunday munosabatda boʻlish yaramaydi. Nima boʻlayotganini tushunmayapman. Ikkinchi boʻlimda maydonga tushdik va… Birinchi navbatda men uyalib ketdim. Bu erda faqat murabbiy aybdor emas. Jamoa yutqizsa murabbiyni ayblashadi. Birinchi boʻlimda yaxshi oʻynadik, ha qaerdadir ishonchli harakat qila olmadik, ammo muvozanatni tikladik. OKMK birinchi taymda qiyinchiliklarga duch keldi. Ikkinchi boʻlim oldidan hammasini tushintirdik, gaplashdik… Hozir ham ular bilan suhbatlashib chiqyapman. Katta, professional, tajribali futbolchilar, ammo ularning boshida nima borligini tushunmayapman. Natija adolatli deb hisoblayman, ishga bunday munosabatda boʻlish mumkin emas. Yaxshi shahar, muxlislari zoʻr.

- Jasur Yoqubov jarohat sabab maydonni tark etdi, koʻp gol oʻtkazishimiz sababi uning chiqib ketishi emasmi?
- Yoqubov “Mash'al” bilan yaxshi oʻynagan edi. U jarohatini ogʻirlashitirib olmasligi uchun almashtirdik. Gollar sababi - xatolar zanjiri. Bunday birinchi boʻlim bilan 4 ta gol oʻtkazishni hazm qila olmayman. Yigitlarga nima boʻlayotganini tushunmayapman. Futbolchilar charchab qolgan boʻlsa, jismoniy holati yomon boʻlsa tushunardim, ammo unday emas.

- Transfer oynasi yopilgani yoʻq, jamoaga yangi futbolchilar qoʻshiladimi?
- Bu savolga men javob bera olmayman. Ma'lum bir byudjet bor. Kimdir koʻp futbolchi oladi, kimdir kam. Menga Nimeli yoʻqligini aytishdi, sababini bilmayman. Kimlargadir e'tirozim yoʻq, kimlargadir esa bor. Albatta, jamoaga yangi futbolchilarni jalb qilib, raqobatni kuchaytirgan boʻlardim. Ammo imkoniyatdan kelib chiqib ish qilamiz. Bor futbolchilar bilan ishlaymiz. Natija yoʻqligi - bu juda yomon. Rahbariyat nima desa shu. Ular bilan yaxshi suhbat qurdik. Futbol - jamoaviy oʻyin, ammo natija uchun murabbiy javob beradi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring