Andrey Shipilov: "100 foizli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. "Mash'al" bitta vaziyatdan gol urib ketdi"
- "Mash'al" mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Oʻyin oldidan yigitlarga bu holatni yaxshilab tushuntirgandik, ular ikkinchi raqamli boʻlib oʻynashini bilgandik. Barcha jamoalar bir xil sharoitda kelishdi: uzoq muddatli tanaffus boʻlgani barchada sezildi. Futbol shunday oʻyin, xatolarni kechirmaydi. Gollar doimo xatolardan tashkil topadi. Birinchi boʻlimda 100 foizlik imkoniyatlarimiz boʻlgandi, biroq bundan foydalana olmadik. Ikkinchi boʻlimda ham 100 foizlik vaziyat yuzaga keldi. Aytishganidek, sen urmasang, senga gol urishadi. Biroz e'tiborsizlik va kontsentratsiyaning yoʻqotilishi golga sabab boʻldi. Bizda koʻplab vaziyatlar yuzaga kelayotgani sababli tabloda bu hisob qolmasligiga ishonayotgandik. Barcha oʻyinlarda hech boʻlmaganda bitta vaziyat yuzaga keladi. "Mash'al" esa oʻz vaziyatidan foydalanib ketdi. Agarda birinchi golni biz urganimizda, ikkinchi va uchinchisini ham urgan boʻlardik. Bizni raqibdan kuchli edi deyishyapti. Lekin tabloda hisob 1:0, biz gol ura olmadik. Zaxiraga qoʻl urdik, ularda ham vaziyatlar boʻldi. Agarda ular darvozani nishonga olishganida... Bilmadim. Magʻlubiyatlar kuzatilganda barcha murabbiyni aybdor deb hisoblaydi. Biroq bugun biz koʻplab golli vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Yangi futbolchilarni tarkibga jalb qilishda koʻzlangan maqsadga erishildimi?
- Bugun darvozabonimizga deyarli ish boʻlmadi, bexato oʻynadi. Rahimjon - yaxshi, sifatli darvozabon. U vaziyatda darvozabon ham yordam bera olmasdi. Markaziy himoyachini tarkibga qoʻshib oldik, u ham yaxshi koʻrindi.
- "Qoʻqon-1912" e'tiborini nimaga qaratadi: kubok yoki chempionat?
- Har bir oʻyinda gʻalaba uchun oʻynaymiz, oʻynaganda ham boshidan to oxirigacha munosib oʻynamoqchimiz. Superliganing 5-6 jamoasidan tashqari, boshqalarda qanday vazifalar bor? Bu erga kelganimda oldingilariga qaraganda yaxshiroq futbol oʻynashimizni va yaxshiroq natijalar qayd eta olishimizni aytganman. Biroq bu hozircha amalga oshmayapti. Har bir oʻyinda natijaga erishish uchun bizga nimalardir halaqit qilmoqda. Bugun biz jamoamiz gʻalabaga loyiq emasdi, deya olmayman. Xatolarni toʻgʻrilashimiz kerak. Bizga yaxshi hujumchi kerak va u birinchi va ikkinchi boʻlimdagi vaziyatlarni golga aylantirishi kerak edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0