Fidbol.net

Anchelotti — Neymar haqida: "U Yaponiya bilan oʻyinda 15 daqiqadan koʻproq oʻynashi mumkin"

Tahririyat 3
Anchelotti — Neymar haqida: "U Yaponiya bilan oʻyinda 15 daqiqadan koʻproq oʻynashi mumkin"

"Santos"ning 34 yoshli hujumchisi guruh bosqichining dastlabki ikki oʻyinini jarohat tufayli oʻtkazib yubordi. U Shotlandiyaga qarshi kechgan soʻnggi uchrashuvda (3:0) 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Neymar yaxshi tiklanmoqda. Oxirgi haftada oʻz sport formasini sezilarli darajada yaxshilab oldi. U biz bilan doimo birga mashgʻulot oʻtkaza olmagani achinarli.

Albatta, u 15 daqiqadan koʻproq oʻynashi mumkin. Bu koʻp jihatdan oʻyinning borishiga bogʻliq boʻladi", — deya Anchelottining soʻzlaridan iqtibos keltiradi Globo.

Braziliya — Yaponiya uchrashuvi 29 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring