Anchelotti: “JCh muxlislarga tegishli. Umid qilamanki, UEFA ham, FIFA ham buni barbod qilmaydi”
Tahririyat
•
•
6
Ta'kidlash joizki, 30 iyul kuni Infantinoning bu taklifidan soʻng UEFA va unga a'zo boʻlgan barcha 55 ta milliy assotsiatsiya FIFA shafeligidagi barcha turnirlarni (shu jumladan, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlarini) toʻliq boykot qilish uchun bir ovozdan ovoz berdi. KONKAKAF ham JCh huquqlarini xususiy investorlarga topshirish gʻoyasini keskin tanqid qilib chiqdi.
“Jahon chempionati muxlislarga, odamlarga — butun dunyo xalqlariga tegishli. Menimcha, bu haqiqatan ham ajoyib bayram. Umid qilamanki, UEFA ham, FIFA ham butun dunyo uchun moʻljallangan bu bayramni barbod qilmaydi”, – dedi Anchelotti.
Manba: championat.asia
Izohlar 0