Fidbol.net

Aleksandr Xomyakov: "Oʻyinning koʻp qismini himoyada oʻtkazdik"

Tahririyat 2
Aleksandr Xomyakov: "Oʻyinning koʻp qismini himoyada oʻtkazdik"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Qiyin kechgan bahsda xarakter koʻrsata oldik, buning uchun yigitlarga rahmat. Shunday boʻldiki, oʻyinning koʻp qismini himoyada oʻtkazdik, raqib jamoa toʻp bilan yaxshi muomalada boʻldi. Himoyaga alohida e'tibor qaratganimiz tufayli gol oʻtkazmasdan maqsadimizga erishdik. Goldan keyin ham ikki-uchta vaziyatga ega chiqdik. Yana bir bor futbolchilarimizga rahmat.

- Raqib jamoa bosh murabbiyi moliyaviy muammolar haqida gapirdi. Bu borada sizning jamoangizda vaziyat qanday?

- Bilishimcha, hozir koʻp jamoalar oson boʻlmagan davrni boshdan kechiryapti. Stabil holatdagi klublar nihoyatda kam boʻlsa kerak. Klubimiz rahbariyati qoʻldan kelgan jamoaga yordam berib kelyapti. Rahbariyat klub haqida qaygʻuryapti, buning uchun alohida rahmat aytsak arziydi. Oʻz navbatida biz ham mutasaddi kishilarni xursand qilishga harakat qilyapmiz.

- Transfer bozori hali ochiq. Jamoaga yangi futbolchilar kelishi mumkinmi?
- Hozircha rejamiz yoʻq. Jarohat olgan futbolchilar bor, ularning sogʻayishini kutyapmiz. Murabbiy sifatida men ham chiziqlarni kuchaytirishni xohlardim, lekin hozirgi kunda transfer siyosati olib borayotganimiz yoʻq. Har holda hozircha vaziyat shunday.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring