Fidbol.net

Akmal Mozgovoy: "Koʻproq jismoniy va taktik jihatlar ustida ish olib boryapmiz"

Tahririyat 1
Akmal Mozgovoy: "Koʻproq jismoniy va taktik jihatlar ustida ish olib boryapmiz"

"Mashgʻulotlarda koʻproq jismoniy va taktik jihatlar ustida ish olib boryapmiz", - dedi Akmal Mozgovoy.

- Fabio Kannavaro jismoniy holatimiz yaxshi emas deb aytib oʻtdi. Sizning ayni damdagi jismoniy holatingiz qanday?

- Kannavaro tajribali mutaxassis. U nima haqida gapirayotganini biladi. Uning fikri toʻgʻri, deb oʻylayman. Mashgʻulotlarimiz ham jismoniy jihat ustida koʻproq ishlashga yoʻnaltirilgan.

- Mundialdagi terma jamoamizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Maksimal harakat qilamiz. 100% emas, 200%.

- Dastlabki oʻyinimizni Mexikoda oʻtkazamiz. Mexiko shahri 2200 metr balandlikda joylashgan va juda nam iqlimga ega ekan. Ushbu jihatlarga ham tayyorgarlik koʻryapsizlarmi?

- Muammo boʻlmaydi, deb oʻylayman. Murabbiylar shtabi barchasi haqida qaygʻ urmoqda. Bilmadim, balki borganimizdan soʻng qoʻshimcha kislorod orqali nafas olarmiz.

- Mundialda qaysi futbolchi bilan libos almashishni istaysiz?

- Barcha Ronaldu deb javob bersa kerak.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring