Fidbol.net

Abdurauf Boʻriev "Paxtakor"ga nima etishmayotganini aytdi

Tahririyat 4
Abdurauf Boʻriev "Paxtakor"ga nima etishmayotganini aytdi

"Derbi oʻz nomi bilan derbi. "Paxtakor" — "Bunyodkor" qarama-qarshiligi doim qiyin oʻyin boʻlib kelgan. Bunday oʻyinlarda tarkib va boshqa omillar ahamiyatini yoʻqotadi. Hamma bor kuchi bilan kurashadi. Oʻz imkoniyatidan unumli foydalangan jamoa gʻalaba qozonadi", — deydi Boʻriev.

— "Paxtakor" ketma-ket 3 ta oʻyindan beri gol urgach, hisobni ushlab qolish uchun oʻynamoqda. Bu koʻproq nima bilan bogʻliq: jismoniy yoki ruhiy omilmi?

— Oʻyin dinamikasiga, havo haroratiga bogʻliq. Raqib ham qarab turmaydi, hisobdan kelib chiqib hujumga oʻtadi. Orqa chiziqda ehtiyotkorlikni saqlagan holda qarshi hujumlarga chiqyapmiz, faqat ikkinchi gol etishmayapti.

— Raqibdagi muammolar fonida ustunlik "Paxtakor" tomonida boʻldimi?

— "Paxtakor"ga qarshi hamma ikki karra kuch bilan tayyorlanadi. Derbida bu kabi omillar katta rol oʻynamaydi.

DSC_1373.JPG

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring