"Yuventus" PSJdan Kolo-Muanini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga oladi
Tahririyat
•
•
4
Randal Kolo-Muani "Yuventus"ga qaytishga yaqin turibdi. Turin klubi "PSJ" bilan 27 yoshli hujumchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish borasida deyarli kelishib oldi, deb xabar beradi "RMC Sport". Futbolchi tibbiy koʻrikdan oʻtish va shartnoma imzolash uchun yaqin 48 soat ichida Italiyaga etib kelishi kutilmoqda. Frantsiyalik futbolchi allaqachon 2024/25 yilgi mavsumda "byankoneri" safida toʻp surgan. Oʻtgan mavsumni u "Tottenxem"da ijara asosida oʻtkazib, APLning 30 ta oʻyinida 1 ta gol urdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0