"Vodiy derbisi"da hakam ikkita qizil kartochka koʻrsatmadi. Superliganing 14-turidagi hakamlik tahlili
✅ "Bunyodkor" – "Paxtakor"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Ushbu vaziyatda hakamning qaroriga qoʻshilamiz. "Paxtakor" hujumchisiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan ikkinchi himoyachi bor. Yaqqol "yakkama-yakka" chiqish holati mavjud emas. Toʻgʻri qaror – istiqbolli hujum buzilgani uchun sariq kartochka.
✅ OKMK – "Mash'al"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
"Mash'al" himoyachisi barcha sheriklari toʻp chizigʻidan ancha orqada boʻlgan vaqtda qoidani buzmoqda. OKMKning ikkinchi oʻyinchisi raqiblariga qaraganda darvozaga yaqinroq joylashgan. Hujum yoʻnalishi burchak ostida boʻlsa-da, darvoza tomonga qaratilgan. Bizningcha, toʻgʻri qaror – raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun qizil kartochka.
✅ "Lokomotiv" – "Soʻgʻdiyona"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Hakam toʻgʻri qaror qabul qildi va oʻyinni davom ettirdi. Ikkala oʻyinchi ham yuqoriga sakragan va ular oʻrtasida toʻqnashuv yuz bergan odatiy oʻyin holati sodir boʻlgan. Agar "Soʻgʻdiyona" gol urganida, uni hisobga olish kerak edi.
✅ "Lokomotiv" – "Soʻgʻdiyona"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Hakam toʻgʻri qaror qabul qilib, qoʻl bilan oʻynalgani uchun penalti belgiladi. “Soʻgʻdiyona” himoyachisining qoʻli tanasidan uzilgan va toʻpdan qochmay, aksincha, unga qarab harakatlangan. Chap qoʻl tabiiy holatda, ammo oʻng qoʻl toʻpga tekkanda tanadan ancha uzoqda boʻlgan. Toʻgʻri qaror: jarima maydonchasi ichida darvoza tomon yoʻllangan zarba paytida qoʻl bilan qasddan oʻynalmagani uchun intizomiy chorasiz penalti.
❌ "Neftchi" – "Navbahor"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Bizning fikrimizcha, ushbu vaziyatda hakam xatoga yoʻl qoʻydi. "Navbahor" oʻyinchisi podkat tashlamayapti, balki raqibining oyogʻiga sakrab, butsa tishlari bilan toʻpiqdan yuqori qismiga zarba bermoqda. "Neftchi" oʻyinchisining oyogʻi maydonda, "tayanch" holatida boʻlib, jarohat etkazish xavfi va haddan tashqari kuch ishlatish mavjud. Toʻgʻri, "bosib olish" yoʻq, ammo mezonlarning aksariyati qoʻpol ravishda qoida buzilishini va mos ravishda qizil kartochka koʻrsatilishini anglatadi.
✅ "Neftchi" – "Navbahor"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Hakam toʻgʻri qaror qabul qilib, oʻyinni davom ettirdi. "Navbahor" himoyachisi tomonidan ushlab qolish "Neftchi" oʻyinchisining harakatiga toʻsqinlik qilmadi: u qanday sakray olsa, shunday sakradi va zarba berdi. Shu sababli hakam hamda ushbu oʻyin vaziyatiga aralashmagan VAR qaroriga qoʻshilamiz.
❌ "Neftchi" – "Navbahor"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
"Neftchi" oʻyinchisi raqibni koʻrib turibdi, butsa tishlari bilan uning boshiga zarba berib, raqibiga jiddiy jarohat etkazish xavfini yuzaga keltirmoqda. Ushbu vaziyatda zarba sirpanib oʻtib ketgan boʻlsa-da, sariq kartochka haqida gap boʻlishi mumkin emas, chunki gap bosh haqida ketmoqda. Toʻgʻri qaror – qoʻpol ravishda qoida buzilgani uchun qizil kartochka.
❌ "Nasaf" – "Qizilqum"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
"Nasaf" hujumchisi ochiqchasiga simulyatsiya qilmoqda va darvozabon bilan hech qanday toʻqnashuv boʻlmagan boʻlsa-da, oyoqlarini yigʻishtirib yiqilmoqda. Keyingi harakatlarni "mushtlashuv" deb atay olmaymiz: bunday vaziyatlar har bir oʻyinda koʻp uchraydi, qolaversa, bu ommaviy mojaroga olib kelmadi. Toʻgʻri qaror – hakamni aldashga uringani uchun sariq kartochka.
❌ "Nasaf" – "Qizilqum"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Fikrimizcha, "Qizilqum" oʻyinchisi sportga xos boʻlmagan harakatlari uchun aybdor sanaladi. Toʻp yaqin atrofda emasdi, u esa raqibini elka qismidan atayin turtmoqda. Toʻgʻri qaror – sariq kartochka.
P.S. Hakam dastlab qizil kartochka koʻrsatdi, biroq keyinroq oʻz qarorini bekor qildi, shu bilan birga sariq kartochka koʻrsatmadi.
✅ "Nasaf" – "Qizilqum"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Vaziyatni koʻrib chiqish uchun hakamni monitor yoniga chorlagan VAR qaroriga qoʻshilamiz. "Qizilqum" himoyachisining qoʻli tanasidan uzoqlashgan, notabiiy holatda. Yonida boʻlgan raqib toʻpni bosh bilan oʻynamayapti, bu esa toʻp va qoʻl oʻrtasidagi kontakt katta masofadan sodir boʻlayotganini anglatadi va bu uchun himoyachi toʻliq javobgar sanaladi. Toʻgʻri qaror – penalti.
✅ "Dinamo" – "Qoʻqon-1912"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
"Qoʻqon-1912" himoyachisining qoʻli tanasidan uzoqlashgan, toʻp tomon harakatlangan va toʻp qoʻlga tekkan vaqtda notabiiy holatda boʻlgan. Toʻgʻri qaror – penalti.
✅ "Dinamo" – "Qoʻqon-1912"
BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI
Ushbu takroriy lavhalar orqali "Dinamo" oʻyinchisi tomonidan qoida buzilgan deb ayta olmaymiz, chunki aniqlik kirituvchi rakurs mavjud emas. Agar toʻp qoʻlga tekkan boʻlsa ham, toʻp kutilmaganda va qisqa masofadan yoʻnaltirilgan edi. Himoyachining qoʻlini tortib olishga urinishini koʻryapmiz. Toʻgʻri qaror – oʻyinni davom ettirish.
Shu tariqa, Superliganing 14-turidagi oʻyinlarda hakamlar "Neftchi" – "Navbahor" va "Nasaf" – "Qizilqum" oʻyinlarida ikkitadan, jami – toʻrtta xatoga yoʻl qoʻydi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0