Fidbol.net

Valverde Tchuameni bilan janjal haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Tahririyat 21
Valverde Tchuameni bilan janjal haqidagi xabarga munosabat bildirdi

"Kecha mashgʻulotda jamoadoshim bilan voqea yuz berdi. Musobaqalardan charchoq va hafsalasizlik hamma narsani ortiqcha boʻrtirib koʻrsatishga olib keldi.

Odatdagi bunday holatlar tez-tez boʻladi va odatda jamoa ichida hal etiladi, ommaga chiqmaydi.

Aniqki, bu erda kimdir mish-mishlar tarqatmoqda. "Real" titulsiz mavsumni oʻtkazayotgani va doimiy diqqat markazida boʻlgani uchun hamma narsa ortiqcha boʻrtirib koʻrsatilmoqda.

Bugun yana tushunmovchilik yuzaga keldi. Bahs davomida men tasodifan stolga urilib, peshonamga kichik tigʻ chuqurcha hosil boʻldi va oddiy shifokor koʻrigiga muhtoj boʻldim.

Jamoadoshim meni urmadi va men ham uni urmadim. Garchi odamlar biz janjallashganimizga yoki bu qasddan boʻlganiga ishonishni osonroq deb bilishsa-da, bunday holat boʻlmagan.

Men vaziyatga boʻlgan gʻazabim, mavsum oxirigacha 100% berib oʻynayotgan ba'zi oʻyinchilarning holatidan hafsalam pir boʻlgani meni jamoadoshim bilan tortishishga olib kelganini his qilmoqdaman.

Uzr soʻrayman. Men chin dildan afsusdaman, chunki bu vaziyat menga ogʻir botmoqda. "Real" hayotimning eng muhim qismlaridan biri va men bunga befarq boʻla olmayman. Natjada shuncha narsa toʻplanib, bema'ni janjalga olib keldi. Bu mening obroʻyimga putur etkazmoqda va tasodifiy voqeaning atrofida oʻylab topilgan hikoyalar, tuhmat va oʻt yoqishga imkon bermoqda.

Men mavsum oxirigacha gapirmaslik niyatida edim. Biz Chempionlar ligasidan chiqib ketdik va men gʻazab va xafagarchiligimni ichimga yutdim. Yana bir yilni bekor oʻtkazdik. Men maydonda koʻrsata olganimdan boshqa narsani ijtimoiy tarmoqlarda yozishga haqqim yoʻq edi. Shuning uchun bu vaziyatdan eng koʻp aziyat chekayotgan va qaygʻurayotgan odam menman. Shifokorlar qarori tufayli kelasi oʻyinda maydonga tusha olmayapman. Men klub va jamoadoshlarim bilan ular zarur deb topgan har qanday qarorni qabul qilishda hamkorlik qilishga tayyorman", — deb yozdi Valverde oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring