Fidbol.net

🔥 UZ CORE SCOUT — analitik blok: "El Klasiko" 20 daqiqada tugadi

Tahririyat 14
🔥 UZ CORE SCOUT — analitik blok: "El Klasiko" 20 daqiqada tugadi

Bu oddiy gʻalaba emas — bu “Barselona”ning butun mavsum davomida qurgan futbol gʻoyasi uchun chempionlik muhri boʻldi. “Real” oʻyinga hali toʻliq kirib ulgurmasidan, “Barsa” stsenariyni oʻz qoʻliga oldi: 9-daqiqada Reshfordning jarima zarbasi, 18-daqiqada Ferran Torresning aniq yakunlovchi harakati — va “El Klasiko”da psixologik ustunlik butunlay kataloniyaliklar tomoniga oʻtdi.

11 (2).png22 (2).png33 (2).png44 (2).png55 (2).png



Taktik jihatdan oʻyinning kaliti — tez start + markaz nazorati + kompakt himoya boʻldi. “Barsa” 57% toʻp nazorati bilan oʻyin ritmini ushladi bu “Barselona” himoyasining passiv emas, balki aqlli va oldindan oʻqilgan himoya boʻlganini koʻrsatadi.

“Barselona”ning asosiy taktik ustunligi markazda koʻrindi. Pedri, Olmo va de Yong orqali pas ritmi saqlandi, yarim hududlarga kirishlar “Real” blokini ichkaridan ochdi. Flanglarda esa kenglik “Real” himoyasini choʻzdirdi.

66 (2).png77 (2).png



“Real” tomonida esa muammo Vinisius yoki Bellingemning individual sifatida emas, ularni oʻyinga bogʻlaydigan mexanizmda boʻldi. Bellingemning oʻyini juda ogʻir kechdi, Vinisius esa vaqt oʻtishi bilan ta'sirini yoʻqotgani koʻrindi. Braxim faolroq koʻrindi, ammo u ham etarli sheriklik va oxirgi pas sifatiga ega boʻlmadi.

⚽️ UZ CORE SCOUT xulosasi:
Bu “El Klasiko” 90 daqiqa emas, birinchi 20 daqiqada hal boʻldi. “Barselona” tezlik, ijro sifati va taktik tartib bilan chempiondek harakat qildi. “Real” esa hisobdan keyin oʻyinni qutqarishga urindi, lekin hujumdagi sinxronlik, markazdagi bogʻlanish va jarima maydonidagi presence etishmadi.

88 (2).png



Barsa bu oʻyinda faqat “Real”ni yutmadi — u butun mavsum kim Ispaniyada eng tayyor, eng barqaror va eng aniq rejali jamoa boʻlganini koʻrsatdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring