Fidbol.net

UFC 328. Striklend hakamlar qaroriga ko'ra Chimaevni mag'lub etib, chempionlik kamariga ega chiqdi

Tahririyat 7
UFC 328. Striklend hakamlar qaroriga ko'ra Chimaevni mag'lub etib, chempionlik kamariga ega chiqdi

AQShning Nyuark shahrida UFC 328 turniri bo'lib o'tdi.

Uning asosiy jangi o'rta vazn toifasidagi chempionlik bahsi bo'lib, unda Hamzat Chimaev (15-1) va Shon Striklend (31-7) o'zaro kuch sinashdi.

Jang yakunida Striklend hakamlarning qaroriga ko'ra g'alaba qozondi (48-47, 47-48, 48-47). Chimaev 2025 yilda Drikus du Plesisini mag'lub etib, chempionlik kamariga ega chiqqandi. Bu uning ilk himoyasi bo'ldi.

Striklend uchun esa bu to'rtinchi chempionlik jangi hisoblanadi. U 2023 yilda Isroil Adesanyani mag'lub etib, kamarni qo'lga kiritgandi.

Shuningdek, ikkinchi darajali asosiy jangda eng engil vazn toifasi kamari uchun bahsda Joshua Van (17-2) Tatsuro Tayirani (18-2) beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.

Turnirning boshqa janglari:

Aleksandr Volkov (40-11) Valdo Kortes-Akostani (17-3) hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 29-28 — ikki marta);

Shon Bredi (19-2) Xoakin Baklini (21-8) hakamlar qarori bilan yengdi (30-25 — ikki marta, 30-27);

King Grin (35-17-1) Jeremi Stivensni (28-21) birinchi raundda bo'g'ish usuli orqali mag'lub qildi;

Joel Alvares (23-4) Yaroslav Amosovga (30-1) ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan yutqazdi;

Roman Kopilov (15-5) Marko Tulioni (14-3) hakamlarning yakdil qarori evaziga taslim etdi (29-28 — uch marta);

Baysangur Susurkaev (12-0) Jorden Santosni (11-3) uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub qildi.

Manba: tribuna.uz

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring