Fidbol.net

Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettiradi — Romano

Tahririyat 9
Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettiradi — Romano

Bu haqda insayder Fabritsio Romano oʻzining X sahifasida ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga koʻra, Turkiya klubi 30 yoshli belgiyalik futbolchining transferi borasida londonliklar bilan kelishuvga erishgan. Kelishuv summasi 20 million evroni tashkil etadi.

Endilikda yakuniy qaror futbolchining oʻz ixtiyorida qolmoqda. "Beshiktosh" Trossardga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma taklif qildi.

Trossard 2023 yilning qishida "Brayton"dan "Arsenal"ga 24 million evro evaziga oʻtgan edi. Yakunlangan mavsumda belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 50 ta oʻyinda ishtirok etib, sakkizta toʻp kiritdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring