Timur Kapadze nima sababdan Abdulla Abdullaev bilan shartnoma imzolanib, bekor qilingani haqida gapirdi
"Abdulla Abdullaev bilan oʻzi shartnoma yilning oxirigacha edi. Jarohatini bilgan holda 5 oyga tuzgandik. Shartnoma imzolaganimizdan soʻng bizda chempionat boshlanishiga 1 oy vaq bor edi, shu vaqt ichida u jarohatdan qutiladi deb umid qilgandik.
Va albatta oʻsha bir oy oʻtdi, davolandi, yakka tartibda ozgina shugʻullanishni boshladi. Lekin qayta MRTdan soʻng, jarohat hali bitishiga ancha vaqt bor ekanligi ma'lum boʻldi. Uning jarohatdan tiklanishi uchun qancha vaqt ketishini ham aniq bilmaymiz. Agar biz Abdullaev bilan 1,5-2 yillik shartnoma boʻlganda buni tushunsa boʻlardi, uni olib qolgan boʻlardik. Biroq biz kelishuv boʻyicha yarim yillik shartnoma imzolagandik".
Manba: championat.asia
Izohlar 0