TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi ekanini ma'lum qildi
Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning xabariga koʻra, "shporlar" ustozi Roberto De Dzerbi zaxirani kuchaytirish uchun hujumchi nomzodini koʻrib chiqmoqda. Shu bilan birga, Angliya klubi rahbariyati futbolchi ilgari hech qachon oʻynamagan Angliya chempionatiga moslasha olmasligini ta'kidlab, ushbu transferga qarshi chiqmoqda.
"Tottenxem" beshta tur yakunlariga koʻra APL turnir jadvalining eng oxirgi, 20-pogʻonasida joylashgan. Jamoa biror marta ham gʻalaba qozongani yoʻq va oʻz hisobida ikki ochkoga ega.
33 yoshli argentinalik oʻyinchi Istanbul jamoasini tark etganidan soʻng erkin agent maqomida boʻlib turibdi. Ikardi 2023 yildan beri "Galatasaray" sharafini himoya qilib kelayotgan edi, bu vaqt ichida u toʻrt marta Turkiya chempionatida zafar kuchdi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Ilgari forvard klub darajasida Italiyaning "Sampdoriya" va "Inter", shuningdek, Frantsiyaning PSJ jamoalarida toʻp surgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0