“Surxon” “Soʻgʻdiyona”ga qarshi oʻyindan boshlab raqiblarini Olmaliqda qabul qiladi
Tahririyat
•
•
6
“Surxon” klubi shundan keyin ham raqiblarini qaysi stadionda qabul qilishi masalasini Superliga reglamenti talabi asosida oʻz vaqtida hal qilmagani oqibatida klubning “Dinamo” va “Navbahor”ga qarshi uy uchrashuvlari raqib jamoalar maydoniga koʻchirildi. Faqatgina shundan keyin “Surxon” neytral stadion masalasini hal qildi.
Ligaga ma'lum qilinishicha, endilikda “Surxon” raqiblarini Olmaliq shahrida qabul qiladi. Superliga 17-turidan oʻrin olgan “Surxon” – “Soʻgʻdiyona” uchrashuvi 13 avgust kuni oʻtkaziladi va shu uchrashuvdan boshlab “Surxon” uchrashuvlarini OKMK sport majmuasida oʻtkazishni boshlaydi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0