Superliga. "Xorazm" oʻz uyida "Mash'al" ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi
Superliga
16-tur
"Xorazm" – "Mash'al" 2:0
Urganch. "Xorazm" sport majmuasi. 20:00
Gol: Diyorbek Ortiqboev penalti 33’, Ulugʻbek Hoshimov 62’
Bosh hakam: Alisher Raximqulov
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Andrey Tsapenko
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Diyor Xotamqulov
“Xorazm”: 77.Umid Ergashev, 13.Elzio Lohan, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov (11.Danila Ejov, 82), 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umid Sultonov (22.Sunnatulloh Hamidjonov, 71), 90.Ulugʻbek Hoshimov, 94.Rustamjon Abduhamidov (41.Ismadiyor Ummatov, 82), 96.Rafael Sabino (8.Nodir Abduxoliqov, 68).
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshanbek Sultanov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 88.Abror Xoʻsinov.
"Mash'al": 35.Dostonbek Toʻxtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 7.Vlatko Stoyanovski (27.Doniyor Narzullaev, 60), 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim Gʻanixonov, 19.Toxir Toʻxtasinov (10.Humoyun Murtozaev, 53), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev (24.Ifeani Ifeani, 53), 50.Drago Bumbar, 70.Azizbek Choriev (15.Muhammadali Aliqulov, 64), 99.Boburjon Asqarov (5.Komil Tojiddinov, 53).
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 11.Mahmud Joʻraboev, 77.Izzatilla Abdulhaqov.
UChRAShUV YaKUNLANDI!
90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qoʻshildi.
89. Ergashevga tibbiy yordam namoyish etildi.
87. Tojiddinovning sherigiga oshirib bergan toʻpini Toʻxtaboev egallab oldi.
82. “Xorazm”da 2 ta oʻzgarish: Abduhamidov oʻrniga Ummatov, Nugumanov oʻrniga Ejov uchrashuvni tugatib qoʻyadi.
79. Gʻanixonov Pirmuhammadovga nisbatan qoʻpollik ishlatdi.
76. Uuux! Pirmuhammadovning oʻng oyoqda bergan zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
72. Zarba! Tojiddinov yana bir bor zarba yoʻlladi, bu gal erlatib va sal kuchsizroq.
71. “Xorazm”da almashtirish: Sultonov oʻrniga Hamidjonov tushdi.
68. “Xorazm”da oʻzgarish: Sabino oʻrniga Abduxoliqov tushirildi.
67. Uuux! Tojiddinovning kuchli zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsini ustidan oʻtib ketdi…
64. “Mash'al”da almashtirish: Choriev oʻrniga Aliqulov maydonga tushdi.
64. Azizbek Chorievga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Vaziyatdan unumli foydalangan qolgan futbolchilar ogʻzini hoʻllab olishdi.
62. GOL! Sabinodan pas qabul qilib olgan Ulugʻbek Hoshimov bir himoyachini aldab, darvoza pastki burchagini nishonga oldi — 2:0!
62. Zarba! Abduhamidovning oʻng oyoqda yoʻllagan zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
60. “Mash'al”da oʻzgarish: Stoyanovski oʻrniga Narzullaev bahsni davom ettiradi.
59. Zarba! Abduraimovning zarbasidan keyin toʻp himoyachiga tegib qaytdi.
57. Zarbaaa! Tojiddinov uzoqdan zarba yoʻlladi, Ergashev dastlab toʻpni qoʻlidan chiqarib yubordi, ammo ikkinchi urinishda uni boʻysundirishga erishdi.
56. Romning pasidan soʻng Ergashev toʻpni uzoqlashtirdi, aut.
53. “Mash'al”da 3 ta almashtirish: Asqarov oʻrniga Tojiddinov, Toʻxtasinov oʻrniga Murtozaev, Fayziev oʻrniga Ifeani tushirildi.
50. Nugumanov qanotdan oldinga oʻtib, jamoasi foydasiga burchak zarbasi ishladi.
47. Hoshimov Gʻanixonovga nisbatan qoidani buzdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi boʻlim nihoyasiga etdi. Tanaffus!
45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi.
43. Zarbaa! Ismoilovning zarbasini Ergashev qaytardi, qaytgan toʻpni Toʻxtasinov darvozaga yoʻllashga urindi, ammo himoyachilar toʻp yoʻliga gʻov boʻlishdi.
41. Abduraimov maydon markazi chizigʻida Abduhamidovga nisbatan qoʻpollik ishlatdi.
38. Zarbaaa! Pirmuhammadovning jarimadan yoʻllagan zarbasini Toʻxtaboev bartaraf etdi.
36. Zarba! Sultonovning zarbasidan soʻng toʻp rikoshet orqali darvoza tomon bordi, Toʻxtaboev qiyinchilik bilan boʻlsa-da, zarbani qaytardi, bu orada unga nisbatan fol ham ishlatildi.
33. GOL! Diyorbek Ortiqboev penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi!
31. Penalti! Toʻxtasinov Sultonovni ochiqchasiga ushlab qoldi va sariq kartochka oldi.
28. Abduhamidovning burchak zarbasi orqali oshirib bergan toʻpini Toʻxtaboev egallab oldi.
26. Havodagi toʻqnashuvda jabrlangan Gʻanixonovga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
23. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi.
22. Rom Ismoilovga nisbatan qoidani buzishga majbur boʻldi.
20. Zarbaaa! Ibrohim Gʻanixonovning olis masofadan bergan zarbasi darvoza toʻsinini titratdi! Dahshat!
16. Uuux! Abduraimovning yaqin masofadan yoʻllagan zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
15. Rom maydon markaziyada Stoyanovskiga nisbatan qoidani buzdi.
12. “Xorazm” toʻpga egalik qilgan holda oʻyin nazoratini qoʻlga olmoqchi, “Mash'al” esa hozircha qulay fursatni kutmoqda.
9. Fayziev Ulugʻbek Hoshimovning oldini toʻsgan holda toʻpni maydon tashqarisiga tepib yubordi, burchak zarbasi.
7. Stoyanovski qanotdagi sherigini oldinga boshlash niyatida pas uzatdi, toʻp ancha nariga ketib qoldi.
5. Zarbaaa! Sultonovning qulay pasidan soʻng Abduhamidov yaqin masofadan zarba berdi, toʻp toʻsin yuqorisidan oʻtib ketdi.
1. Zarba! Himoyachilar qurshovida turgan Stoyanovski kutilmaganda zarba yoʻllab qoldi, uchrashuvdagi ilk urinish.
1. Uchrashuv boshlandi!
Manba: championat.asia
Izohlar 0