Superliga. "Surxon" Namanganda mezbon boʻlgan oʻyinda "Navbahor" gʻalaba qozondi
Superliga, 16-tur
“Surxon” – “Navbahor” 0:1
Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar: Doston Rahmonov, Shohnur Yoʻldoshev, Sardor Umirzoqov, Toʻrabek Suyunov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Shohruh Said
Gol: Husayn Norchaev 5 penalti, - 0:1.
"Surxon": 86.Davron Merganov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 11.Richard Fraydey (14.Tohirjon Ashurbaev, 63), 15.Diyor Ramazonov (8.Humoyun Sherboʻtaev, 46), 21.Tornike Dzebniauri, 26.Behruz Shukurullaev, 31.Kamronbek Ergashev (27.Muhammadali Musaxanov, 46), 32.Boburjon Rahimjonov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 63), 66.Behroʻz Shaydulov, 91.A'zamjon Temirxonov (70.Farhodbek Salixjonov, 80).
Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 17.Sarvar Abduhamidov, 18.Behruz Oʻktamov, 19.Farruh Qodirov, .
“Navbahor”: 1.Oʻtkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 7.Ruslanbek Jiyanov (6.Shohruh Abdurahmonov, 66), 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev (28.Joel Kojo, 78), 13.Benjamin Teydi (21.Asadbek Rahimjonov, 90+2), 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (30.Jasurbek Jaloliddinov, 66), 34.Giorgi Jgerenaya, 77.Muhammadali Usmonov (17.Muhammadali Gʻiyosov, 66).
Zaxira: 16.Shukron Yoʻldoshev, 3.Zafarbek Rahimjonov, 5.Dilshodjon Komilov, 20.Quvondiq Roʻziev, .
Ogohlantirishlar: Islombek Mamatkazin 36, Umar Adhamzoda 79, Behzod Shamsiev 84,
Chetlatish: Anvar Gʻofurov (“Surxon“ bosh murabbiyi) oʻyindan keyin
MATNLI TRANSLYaTsIYa
Oʻyin tugagach "Surxon” ustozi Anvar Gʻofurovga qizil kartochka koʻrsatildi
90+4. Uchrashuv yakunlandi. “Surxon” - “Navbahor“ 0:1
90+2. Oʻzgarish. "Navbahor". Teydi oʻrniga Rahimjonov tushdi
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qoʻshildi
90. UXXX! Abdurahmonov hozir qulay vaziyatga chiqib bordi va darvozabonga qoʻpol oʻynadi, vaziyat ham qoʻldan boy berildi
85. UXXX! “Surxon“ning hujumi, Mirusmonov qulay vaziyatdan foydalana olmadi
84. Ogohlantirish. “Surxon“. Behzod Shamsiev
84. Zarba! Kojoning zarbasi oʻta noaniq chiqdi
82. ZARBAAAAA! Xolmatovning ajoyib toʻp uzatishi va Abdurahmonovning bosh bilan zarbasi darvoza toʻsiniga tegib qaytdi
80. Oʻzgarish. “Surxon“. Temirxonov oʻrniga Salixjonov tushdi
79. Ogohlantirish. “Navbahor“. Adhamzoda
78. Oʻzgarish. “Navbahor“. Norchaev oʻrniga Kojo tushdi
71. ZARBA! Norchaevning oʻng oyoqda tepgan toʻpi noaniq ketdi
66. Ogohlantirish. “Surxon” bosh murabbiyi Anvar Gʻofurov
66. Oʻzgarishlr. "Navbahor". Ilich, Usmonov va Jiyanov oʻrniga Jaloliddinov, Gʻiyosov va Abdurahmonov tushdi
63. Oʻzgarishlar. "Surxon". Fraydey va Rahimjonov oʻrnig Ashurboev va Mirusmonov tushdi
53. "Surxon"ning hujumi, Tursunov jarima maydoniga kirib bordi, uning uzatmasi Jgerenaya tomonidan qaytarildi
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. Oʻzgarishlar. "Surxon". Ergashev va Ramazonov oʻrniga Musaxonov va Sherboʻtaev tushdi
45+3. Birinchi boʻlim yakunlandi, hozircha 0:1.
45. Birinchi taymga 3 daqiqa qoʻshildi
41. "Surxon"ning xavfli hujumini Shamsiev noaniq uzatmasi bilan tugatdi
36. Ogohlantirish. “Navbahor“. Islombek Mamatkazin
28. ZARBAA! Usmonovning kuchli zarbasi darvoza toʻriga tashqi tomondan tegdi
25. “Navbahor“ muxlislari oʻz jamoasini tinmay qoʻllab turishibdi
21. Vanya Ilichni raqiblar faqat qoʻpollik bilan toʻxtatib qolishmoqda, boshqa iloji yoʻq
15. Bu uchrashuv Namanganda boʻlib oʻtmoqda. Sababi Termizdagi stadion tayyor emas. Lekin nominal mezbon "Surxon"
11. UXXXX! Fraydeyning uzatmasidan keyin Shaydulov jarima maydoniga kirib noaniq zarba berdi!
9. UXXX! Usmonov oʻng qanotdan toʻpni jarima maydoniga uzatdi, Merganov toʻpni ushlab oldi
5. GOL! Husayn Norchaev penaltidan gol urib, hisobni ochdi - 0:1.
3. PENALTI! “Surxon“ darvozasiga! Shaydulov Norchaevni yiqitgani uchun!
1. OʻYIN BOShLANDI!
Manba: championat.asia
Izohlar 0