Superliga. "Surxon" Fraydeyning goli evaziga Qoʻqonda gʻalabani tantana qildi
Superliga
15-tur
“Qoʻqon-1912” – “Surxon” 0:1
Qoʻqon. “Markaziy” stadioni. 19:30
Gol: Richard Fraydey 51’
Bosh hakam: Gʻayrat Joʻraev
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shohnur Yoʻldoshev
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov
Komissar: Bekzod Aripov
"Qoʻqon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (17.Farhodjon Sohibjonov, 67), 8.Shota Gvazava, 11.Silvanus Nimeli (22.Toma Tabatadze, 67), 14.Ibrohim Yoʻldoshev, 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov (99.Muhammadanas Hasanov, 59), 21.Gʻulomhaydar Gulyamov (10.Shohruh Gadoev, 59), 69.Egor Kondratyuk (9.Javohir Husanov , 46).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 5.Jasur Yoqubov, 44.Andro Giorgadze, 70.Shohruh Mahmudhojiev.
"Surxon": 86.Davron Merganov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 64), 8.Humoyun Sherboʻtaev, 11.Richard Fraydey (91.A'zamjon Temirxonov., 74), 14.Tohirjon Ashurbaev, 15.Diyor Ramazonov (19.Farruh Qodirov, 74), 17.Sarvar Abduhamidov (18.Behruz Oʻktamov 85), 26.Behruz Shukurullaev, 31.Kamronbek Ergashev (27.Muhammadali Musaxanov 85), 66.Behroʻz Shaydulov.
Zaxira: 25.Otabek Boymurodov, 13.Azamat Nurullaev, 21.Tornike Dzebniauri, 32.Boburjon Rahimjonov.
Ogohlantirishlar: Tohirjon Ashurbaev (34), Mirmaqsud Mirusmonov (71).
UChRAShUV YaKUNLANDI!
90+4. Mezbonlar burchak toʻpiga ega boʻlishdi. Hatto darvozabon ham jarima maydonchasida edi, ammo himoyachilar toʻpni qaytarishdi.
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qoʻshib berildi.
88. Qoʻqonliklarda yana bir xavfli vaziyat, Tabatadzega kelayotgan toʻpni “Surxon” vakili maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
87. Sohibjonov oʻta qulay vaziyatni koʻkka sovurdi. U havolatib uzatilgan toʻpga zarba berdi, toʻp esa erga tegib, darvoza ustidan oʻtib ketdi.
85. “Surxon”da oʻzgarish: Abduhamidov hamda Ergashev oʻrniga Oʻktamov va Musaxanovlar tushdi.
84. Qoʻqonliklarning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
79. Sohibjonovning xavfli zarbasidan soʻng toʻpni “Surxon” posboni qaytardi.
76. Bugun “Markaziy” stadioniga 3650 nafar tomoshabin kelibdi.
74. “Surxon”da 2 ta oʻzgarish: Fraydey oʻrniga Temirxonov, Ramazonov oʻrniga Qodirov tushirildi.
73. Zarbaaa! Hasanovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
72. Zarbaa! Sohibjonovning jarimadan yoʻllagan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
71. Sohibjonov jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotganida Mirusmonov tomonidan yiqitildi. Aybdorga sariq kartochka berildi.
67. "Qoʻqon-1912"da 2 ta almashtirish: Nimeli oʻrniga Tabatadze, Sidiqov oʻrniga Sohibjonov bahsni davom ettiradi.
65. Uuux! Gadoevning qulay pasidan soʻng Husanov kuchli zarba yoʻlladi, sal noaniq.
64. “Surxon”da oʻzgarish: Tursunov oʻrniga Mirusmonov tushirildi.
64. Uuux! Ashurbaevning olisdan yoʻllagan zarbasi darvoza ustuni yonidan oʻtib ketdi.
62. Davronovning oldinga tepib bergan toʻpi Merganovga qadar etib keldi.
59. "Qoʻqon-1912"da 2 ta almashtirish: Gulyamov oʻrniga Gadoev, Malikjonov oʻrniga Husanov maydonga tushdi.
57. “Surxon” toʻp nazorati bilan, “Qoʻqon-1912” esa bosim qilish bilan band.
51. GOL! Richard Fraydeyning erlatib yoʻllagan zarbasidan keyin Davronov toʻpni qaytarishga harakat qildi, biroq toʻp darvoza ustuniga tegib, darvozadan joy oldi — 0:1!
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Qoʻqon-1912”da oʻzgarish: Kondratyuk oʻrniga Husanov tushirildi.
Birinchi boʻlim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
43. Davronov toʻpni urib yuborish vaqtida Fraydey bilan toʻqnashib ketdi. Unga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
40. Zarba! Kondratyukning uzatmasidan soʻng himoyachilar toʻpni uzoqlashtirishdi. Toʻpga ega chiqqan Malikjonov uzoqdan zarba berishga urindi, noaniq.
38. Tursunov katta tezlikda oldinga intilayotgan raqamdoshi Sidiqovga nisbatan ochiqchasiga qoida buzdi.
35. Sidiqovning jarima zarbasidan oshirib bergan toʻpini Merganov ilib olishga erishdi.
34. Ashurbaev maydon markazida Sidiqovni tortib yiqitdi va ogohlantirildi.
31. Yoʻldoshev havolatib pas uzatish orqali Kondratyukni qulay nuqtaga olib chiqdi, biroq oʻyindan tashqari holat qayd etildi.
27. Salimovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Merganov toʻpni ilib oldi.
24. Nimeli toʻp uchun kurash chogʻida Shukurullaev bilan turtilib ketdi va undan uzr soʻradi.
21. Zarbaa! Shaydulovning uzoqdan bergan kuchli zarbasidan keyin rikoshet kuzatildi. Shunga qaramay, Davronov toʻpni qabul qilishda qiynalmadi.
20. Ibrohim Yoʻldoshev havodan amalga oshirilgan raqib uzatmasidan keyin toʻpni uzoqlashtirdi.
18. Fraydey uzun pasni qabul qilib olib, qulay vaziyatga chiqdi, biroq ofsayd qayd etildi.
14. Zarbaa! Shahzod Akramovning qanotdan bergan zarbasidan keyin Merganov toʻpga ega chiqdi.
11. Zarbaa! Nimeli jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba berdi, Merganov zarbani qaytardi.
10. “Surxon” a'zosining uzun pasidan soʻng darvozabon Davronov katta qiyinchilik bilan toʻpni ushlab oldi, sal qolsa toʻp darvozaga kirib ketardi.
8. Ibrohim Yoʻldoshev zoʻr pas bilan sherigii qanotdan oldinga boshladi, ammo Davronov oʻz vaqtida xavfni bartaraf etdi.
7. “Surxon” toʻpga egalik qilgan holda hujumga oʻtayotganida Shaydulov noaniq pas berdi.
2. Sidiqovning burchak zarbasidan oshirib bergan toʻpi yakunda Gvazava orqali Merganovning qoʻllariga kelib tushdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
Manba: championat.asia
Izohlar 0