Superliga. "Paxtakor" oʻz maydonida "Buxoro" bilan jangovar durangga imzo chekdi
Superliga
16-tur
“Paxtakor” – “Buxoro” 2:2
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00
Bosh hakam: Gʻayrat Joʻraev
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: 1:0 – 17, Dilshod Saitov; 2:0 – 28, Stefan Chinedu; 2:1 – 75, Vladimir Rodich (Kirill Todorov); 2:2 – 83, Sanjar Quvvatov (avtogol).
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Bashar Resan (50.Flamarion, 86), 23.Abdurauf Boʻriev, 27.Sardor Sobirxoʻjaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 90.Stefan Chinedu (11.Hojimat Erkinov, 69).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 9.Ibrohim Ibragimov, 14.Rustam Turdimurodov, 20.Dilshod Abdullaev, 29.Ayman Hussayn, 44.Diyor Ermanov, 77.Oybek Bozorov.
"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev (8.Anvarjon Joʻraev, 69), 11.Timur Mamasidiqov (77.Asilbek Qayyumov, 74), 17.Javohir Roʻziev (22.Asadbek Joʻraboev, 46 (9.Nika Kacharava, 56), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev (97.Shahboz Joʻrabekov, 46), 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 14.Islombek Baratov, 88.Dominik Begich.
Ogohlantirishlar: Ravshan Xayrullaev (42), Nika Kacharava (64), Kirill Todorov (66)
🏁 90+5’ – Uchrashuv yakunlandi! "Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari oʻrtasidagi dramatik va shiddatli kechgan bahsda jangovor durang qayd etildi – 2:2.
90+3’ – "Paxtakor" jarima maydonchasi yonidan standart vaqtida kutilmagan yurish qildi: Akmal Mozgovoy darvozaga zarba yoʻllash oʻrniga toʻpni jarima maydoni ichidagi Flamarionga uzatdi. Uning sherigiga oshirgan pasini "Buxoro" himoyachisi Xurshidbek Muxtorov bartaraf etdi. Mezbonlar foydasiga burchak zarbasi.
⏱ 90’ – Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam uchrashuvga 5 daqiqa vaqt qoʻshib berdi.
86’ – "Paxtakor" tarkibida oʻzgarish: Bashar Resan oʻrniga Flamarion maydonga tushdi.
⚽ 83’ – GOL! "Buxoro" muvozanatni tikladi! Burchak toʻpi oʻyinga kiritilgach, Vladimir Rodichning uzatmasidan soʻng Sherzod Esanov ketma-ket ikki bor zarba yoʻlladi. Sanjar Quvvatov bu zarbalarni mahorat bilan qaytardi, ammo toʻpni jarima maydonchasidan chiqarib yuborishga uringan Muhammadqodir Hamralievning harakatidan soʻng toʻp yana Sanjar Quvvatovga tegib, darvoza toʻridan joy oldi – 2:2.
⚡ 79’ – Xavfli vaziyat! "Paxtakor" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyning jarima zarbasidan yoʻllagan kuchli zarbasini "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
⚽ 75’ – GOL! "Buxoro" hisobni qisqartirmoqda! Vladimir Rodich jarima maydonchasi yonidan oʻng oyogʻining tashqi tomoni bilan olis burchakni aniq nishonga oldi – 2:1!
74’ – "Buxoro" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Timur Mamasidiqov oʻrniga Asilbek Qayyumov maydonga tushdi.
69’ – Maydonda bir yoʻla ikkala jamoa tarkibida oʻzgarishlar amalga oshirildi:
"Paxtakor"da Stefan Chinedu oʻrniga Hojimat Erkinov maydonga tushdi.
"Buxoro" tarkibida esa Shahzodbek Ubaydullaev oʻrnini Anvarjon Joʻraevga boʻshatib berdi.
🟨 66’ – "Buxoro" himoyachisi Kirill Todorov "Paxtakor" hujumchisi Stefan Chineduning oldinga oʻtib ketishiga yoʻl qoʻymagani va uni toʻxtatib qolgani uchun sariq kartochka oldi.
🟨 64’ – "Buxoro" hujumchisi Nika Kacharava qoʻpol oʻyini uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
56’ – "Buxoro" tarkibida yana bir oʻzgarish amalga oshirildi: Asadbek Joʻraboev oʻrniga Nika Kacharava maydonga tushdi.
54’ – "Paxtakor"dan xavfli hujum! Bashar Resan jarima maydonchasi ichidan zarba yoʻlladi, biroq mehmonlar himoyachisi toʻpni blok qilishga erishdi.
51’ – "Buxoro"dan xavfli vaziyat! Shahboz Joʻrabekov olis masofadan kuchli zarba yoʻlladi – toʻp darvoza ustunining yonidan oʻtib ketdi.
47’ – "Buxoro" a'zosi Shahboz Joʻrabekov oyogʻining yon tarafi bilan darvoza tomon zarba yoʻlladi. Biroq zarba kuchsiz chiqdi va "Paxtakor" darvozaboni Pavel Pavlyuchenko toʻpni qiyinchiliksiz egallab oldi.
▶️ 46’ – Ikkinchi boʻlim boshlandi.
"Buxoro" tarkibida tanaffusda ikkita oʻzgarish amalga oshirildi: Javohir Roʻziev oʻrniga Asadbek Joʻraboev, Muhammad Yuldashev oʻrniga esa Shahboz Joʻrabekov maydonga tushdi.
⏸ 45+2’ – Birinchi boʻlim yakunlandi.
Jamoalar tanaffusga yoʻl olishmoqda. Dastlabki 45 daqiqalikda maydon egalari toʻliq ustunlik qilishdi va Dilshod Saitov hamda Stefan Chineduning gollari evaziga ishonchli hisobda oldinda borishmoqda: "Paxtakor" – "Buxoro" – 2:0.
⏱ 45’ – Birinchi boʻlimga 2 daqiqa vaqt qoʻshib berildi.
44’ – "Paxtakor"dan xavfli vaziyat! Tezkor hujum davomida Dostonbek Hamdamov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga toʻpni uzatdi. Akmal Mozgovoy tomonidan yoʻllangan zarbani "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev katta qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.
🟨 42’ – "Buxoro" a'zosi Ravshan Xayrullaev yuqori tezlikda harakatlanib, "Paxtakor" yarim himoyachisi Abdurauf Boʻrievga nisbatan shiddatli podkat ishlatib, uni yiqitgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
41’ – "Paxtakor"ning navbatdagi kombinatsion hujumi. Jarima maydonchasi ichida Sardor Sobirxoʻjaev yoʻllagan zarba himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
38’ – "Paxtakor"dan tezkor qarshi hujum. Stefan Chinedu boshlagan hujumni Bashar Resan davom ettirdi va jarima maydonchasi ichiga yana Stefan Chinedu tomon pas oshirdi. "Buxoro" himoyachisi xavfni bartaraf etib, toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
⚽ 28’ – GOL! "Paxtakor" farqni oshirdi! Dilshod Saitovning oʻng qanotdan oshirgan toʻpini qaytarishda "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydi. Darvozabondan qaytgan toʻpni Stefan Chinedu qiyinchiliksiz boʻsh qolgan darvozaga joylab qoʻydi – 2:0.
24’ – "Buxoro"dan xavfli vaziyat! Muhammad Yuldashev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga toʻpni oshirib berdi. Vladimir Rodich bosh bilan zarba yoʻlladi, toʻp darvoza ustuni yonidan oʻtib ketdi.
⚽ 17’ – GOL! "Paxtakor" hisobni ochdi! Chap qanotdan jarima maydonchasiga oshirilgan toʻpni Boyan Mladovich bosh bilan qaytarib yubordi. Jarima maydonchasining oʻng tomonida turgan Dilshod Saitov qaytgan toʻpga toʻxtatmasdan zarba yoʻllab, uni darvozaning uzoq burchagiga aniq joyladi – 1:0.
15’ – Akmal Mozgovoy olis masofadan kuchli boʻlmagan zarba yoʻlladi. "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev toʻpni qiyinchiliksiz egallab oldi.
11’ – "Paxtakor"dan xavfli vaziyat! Sherzod Nasrullaev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga toʻpni oshirib berdi, ammo Dostonbek Hamdamov zarba berishda toʻpga oyogʻini aniq qoʻya olmadi.
8’ – "Buxoro"ning hujumi paytida jamoa a'zosi Timur Mamasidiqovni oldinga boshlab berdi, ammo futbolchi toʻpga eta olmadi. "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov oʻz vaqtida oldinga chiqib, toʻpni egallab oldi.
3’ – "Paxtakor" jarima zarbasi tepish huquqiga ega boʻldi. Bashar Resanning jarima maydonchasi ichiga oshirgan toʻpiga Zaid Tahsin tashlandi, ammo uning oyogʻi toʻpga etmay qoldi. Xavfli vaziyatda toʻp hech kimga tegmasdan darvoza ustuni yonidan oʻtib ketdi.
⏱️ 1’ – Uchrashuvga star berildi. Oʻyinni "Paxtakor" futbolchilari maydon markazidan boshlab berishdi.
🏟️ Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" jamoasi toʻq binafsharang, "Buxoro" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0