Fidbol.net

Superliga. "Paxtakor" iroda koʻrsatib, "Xorazm"ni magʻlubiyatga uchratdi

Tahririyat 3
Superliga. "Paxtakor" iroda koʻrsatib, "Xorazm"ni magʻlubiyatga uchratdi

Superliga. 13-tur

"Paxtakor" – "Xorazm" 2:1
21 iyul, 20:00
Bosh hakam:
Doston Rahmonov
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Alisher Toʻxtasinov
Nazoratchi: Vadim Agishev
VAR hakamlari: Asker Najafaliev, Dias Galeev (AVAR)
Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: 0:1 – 8, Elzio Luan (Rustamjon Abduhamidov), 1:1 – 18, Sardor Sobirxoʻjaev (Bashar Resan), 2:1 – 67, Stefen Chinedu (Bashar Resan)

Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Zaid Tahsin, 7. Hojiakbar Alijonov, 10. Akmal Mozgovoy, 21. Bashar Resan (8. Dilshod Saitov, 69), 27. Sardor Sobirxoʻjaev (9. Ibrohim Ibrohimov, 82), 34. Sherzod Nasrullaev, 50. Flamarion Jovino (23. Abdurauf Boʻriev, 82), 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Oybek Bozorov (11. Hojimat Erkinov, 69), 90. Stefen Chinedu (14. Rustam Turdimurodov, 76)

Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Dilshod Abdullaev.

​”Xorazm”: 33. Nikola Stoshich, 5. Abbosjon Otaxonov, 13. Elzio Luan (7. Temurbek Ismoilov, 64), 15. Diyorbek Ortiqboev (71. Umidbek Sultonov, 80), 17. Danil Nugumanov (55. Azizbek Pirmuhammadov, 64), 22. Sunnatulloh Hamidjonov, 25. Matia Rom, 34. Soʻhrob Izzatov, 90. Ulugʻbek Hoshimov, 94. Rustamjon Abduhamidov (10. Yanis Leri, 55 (79. Azizjon Ahrorov, 80)), 96. Rafael Sabino

Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 11. Danila Ejov, 88. Abror Xoʻsinov, 97. Bubakar Traore.

Ogohlantirishlar: Diyorbek Ortiqboev (32), Rafael Sabino (66), Abdurauf Boʻriev (87)

Oʻyin yakunlandi.

90. Ikkinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshildi.

88. “Xorazm” xavfli hujum tashkil etdi, jarima maydoni ichidagi paslardan soʻng yakuniy xavfli uzatmaga mehmonlar futbolchisi ulgurmadi.

87. Boʻriev markazda qoʻpollik uchun ogohlantirildi.

82. “Paxtakor” tarkibida ikki oʻzgarish.

80. “Xorazm” tarkibida ikki oʻzgarish.

78. Ismoilovning jarimadan tepgan toʻpini Quvvatov ushlab oldi.

76. “Paxtakor”da oʻzgarish.

74. Flamarionning jarima maydoni chizigʻidan yoʻllagan zarbasi darvoza yuqorisidan oʻtib ketdi.

72. Xavfli vaziyat! Chineduning akrobatik uslubda tepgan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

69. “Paxtakor” tarkibida ikki oʻzgarish.

67. GOL! Chinedu "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi! Bashar Resanning faolligi natijasi jarima maydonida sherigidan toʻpni qabul qilib olgan hujumchi "sherlar" safidagi ilk rasmiy golini urdi!

66. Chineduni markazda qoʻpollik bilan toʻxtatgan Sabino ogohlantirildi.

63. Burchakdan uzatilgan toʻpga Chinedu bosh bilan zarba yoʻlladi, noaniq.

61. Resanning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

57. Xavfli vaziyat! Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini Mozgovoy bosh bilan darvoza toʻgʻrilashga urindi, biroz aniqlik etishmadi.

55. “Xorazm” tarkibida oʻzgarish.

52. Xavfli vaziyat! Oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni Flamarion koʻkragi bilan Chineduga toʻgʻrilab berdi, “Paxtakor” hujumchisi esa moʻljalda biroz adashdi.

46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+1. Chinedu raqib futbolchisi bilan toʻqnashdi. U bir muddat maydonda yotdi.

45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshildi.

40. “Xorazm” jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega boʻldi, Izzatovning uzatmasi qaytarildi.

35. Chinedu raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi, toʻp darvoza yuqorisidan oʻtib ketdi.

32. Flamarion raqib jarima maydoni yonida Ortiqboev tomonidan fol evaziga toʻxtatib qolindi. "Xorazm" futbolchisi ogohlantirildi.

31. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatilgan toʻpni Bozorov darvozaga toʻgʻrilashga urindi, toʻp himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

29. “Paxtakor” jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.

23. Kuling-brek.

21. Flamarion ofsaydda.

18. GOL! Resanning jarima maydoniga uzatmasini Sobirxoʻjaev raqib darvozasiga toʻgʻrilab qoʻydi!

17. Alijonovning jarimadan uzatmasini himoyachilar qaytardi.

8. GOL! "Xorazm" hisobni ochdi! Darvozabon boshlagan hujum chap qanot orqali davom etdi. Rustamjon Abduhamidovning jarima maydoniga oshirgan pasini Elzio Luan darvozaga toʻgʻrilab qoʻydi!

7. “Xorazm”ning qarshi hujumi Luanning zarbasi bilan yakunlandi, Quvvatov oʻz oʻrnida.

1. Mehmonlarning ilk hujumi xavfli zarba bilan yakunlandi. Izzatovning chap qanotdan uzatmasini Hoshimov darvozaga toʻgʻrilashga urindi, Quvvatovdan seyv.

1. Oʻyin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. “Paxtakor” toʻq binafsharang, “Xorazm” oq liboslarda oʻynaydi.

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring