Superliga. "Nasaf" "Mash'al" bilan murosa koʻchasini tanladi
Superliga
13-tur
"Mash'al" – "Nasaf" 1:1
Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00
Gollar: Straxinya Boshnyak (Sherzod Fayziev) 18’ – Sardor Bahromov (Zafarmurod Abdiraxmatov) 39’
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Qanot hakamlari: Sardor Hakimov, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Davron Ibrohimov
“Mash'al”: 35.Dostonbek Toʻxtaboev (73.Vladislav Rusanov, 46), 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim Gʻanixonov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 61), 10.Humoyun Murtozaev (11.Mahmud Joʻraboev, 69), 18.Ilhomjon Abdigʻaniev (5.Komil Tojiddinov, 61), 19.Toxir Toʻxtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 94.Farruh Ibrohimov (50.Drago Bumbar, 46).
Zaxira: 7.Vlatko Stoyanovski, 40.Ruhiddin Xolmatov, 45.Suhrobjon Parmonqulov, 70.Azizbek Choriev.
“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akrom Komilov (23.Dilshod Murtazaev, 77), 5.Gʻolib Gʻaybullaev (32.Quvonchbek Xushvaqtov, 81), 6.Sardor Bahromov (18.Bekjon Rahmatov, 77), 7.Adenis Shala (2.Alibek Davronov, 71), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov (80.Davron Usmonov, 81), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 22.Diyorbek Abdunazarov, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 76.Zafar Sa'dullaev.
Ogohlantirishlar: Ibrohim Gʻanixonov (60), Bekjon Rahmatov (86).
UChRAShUV YaKUNLANDI!
90+3. Rusanov noqulay yiqilgani uchun biroz maydonda yotdi.
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qoʻshildi.
87. Toʻqnashuvda jabrlangan Ergash Ismoilovga tibbiy yordam koʻrsatildi.
86. Bekjon Rahmatov raqibga nisbatan qoʻpol harakat qilgani bois ogohlantirildi.
85. Xushvaqtov qanotdagi sherigini ta'minlayman deb, toʻpni ancha qattiq tepib yubordi…
83. Zarbaa! Rustamovning uzoqdan bergan kuchli zarbasi manzilga aniq bormadi.
81. “Nasaf”da 2 ta almashtirish: Gʻaybullaev oʻrniga Xushvaqtov, Rahmatov oʻrniga Usmonov oʻyinga qoʻshildi.
80. Ergash Ismoilov katta tezlikda qarshi hujumga qochib ketdi, ammo soʻnggi pallada sherigini pas bilan ta'minlay olmadi.
80. Uuux! Murod Rahmatovning kuchli zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
77. “Nasaf”da 2 ta oʻzgarish: Komilov oʻrniga Murtazaev, Bahromov oʻrniga Rahmatov tushirildi.
76. Zarbaaa! Komil Tojiddinovning kuchli zarbasini Ne'matov bartaraf etdi.
74. “Nasaf”da oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Berdiev 2 nafar futbolchini oldiga chaqirdi.
72. Muhitdinovning uzatmasidan soʻng jarima maydonchasi ichida Davronov toʻpni qabul qilib oldi va zarba berdi, noaniq. Eng qizigʻi, Alibek hujum markaziga – Bobir Abdixoliqov yoniga joylashdi.
71. “Nasaf”da almashtirish: Shala oʻrniga Davronov bahsni davom ettiradi.
69. “Mash'al”da almashtirish: Murtozaev oʻrniga Joʻraboev tushdi.
68. Uuux! Oybek Rustamovning olisdan yoʻllagan zarbasi ancha xavfli, biroq sal noaniq ketdi.
64. Muhitdinovning pasidan soʻng toʻp maydonni tark etdi, sheriklari toʻpg ega chiqolmadi.
61. “Mash'al”da 2 ta almashtirish: Abdigʻaniev oʻrniga Tojiddinov, Gʻanixonov oʻrniga Abdulhaqov maydonga tushdi.
60. Gʻanixonov toʻpni qoʻli bilan oʻynagani uchun sariq kartochka oldi.
59. Zarba! Abdixoliqovning jarimadan bergan zarbasidan soʻng toʻp jonli devorga tegdi.
57. Zarbaa! Toʻxtasinovning havolatib oshirib bergan toʻpini Ismoilov darvozaga kiritishga harakat qilib koʻrdi, noaniq.
55. Zarba! Komilovning uzatmasidan soʻng Abdixoliqov bosh bilan zarba berdi, noaniq.
53. Zarba! Muhitdinov olisdan zarba berdi, u kutilganidek kuchli chiqmadi.
51. Uuux! Komilovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan soʻng Muhitdinov bosh bilan noaniq zarba yoʻldi.
49. Komilovning pasidan soʻng Bahromov toʻpni toʻxtatmasdan darvozaga yoʻnaltirmoqchi boʻldi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Mash'al”da 2 ta oʻzgarish: Toʻxtaboev oʻrniga Rusanov, Ibrohimov oʻrniga Bumbar tushirildi.
Birinchi boʻlim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob — 1:1. Tanaffus!
45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi.
45. Zarbaa! Abdiraxmatovning kuchli zarbasidag soʻng toʻp rikoshet orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi.
44. Toʻp jarima maydonchasi ichida Toʻxtasinovning qoʻliga tegdi, VAR vaziyatni koʻrib chiqdi va qoʻl tabiiy holatdaligini inobatga olib, penalti yoʻqligini ma'lum qildi.
42. Gʻanixonov Eshmurodovga nisbatan qoʻpol harakat qildi, hakam uni ogʻzaki ogohlantirdi.
39. GOL! Sardor Bahromov kutilmaganda yon qanotdan zarba yoʻllab darvozani ishgʻol etdi, darvozabon yaqin burchakni yopolmadi — 1:1!
36. Zarba! Komilovning olisdan yoʻllagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
34. Komilov qanotda Gʻanixonovga nisbatan qoidani buzdi.
32. Zarbaaa! Muhitdinovning jarimadan yoʻllagan zarbasidan keyin toʻp jonli devorga tegib qaytdi.
31. Shala jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotganida yiqitildi, qarshiliklarda standart vaziyat.
27. “Mash'al” himoyada tartibli oʻynadi, ammo toʻpni oldingi chiziqqa uzatishda oqsadi.
24. Futbolchilarga suv ichib olish uchun vaqt berildi.
23. Zarbaa! Muhitdinovning jarima zarbasi orqali oshirgan toʻpini Komilov boshi bilan darvozaga yoʻnaltirdi, Toʻxtaboev oʻz oʻrnida!
20. Abdiraxmatov havodan pas uzatishga urindi, biroq ancha noaniq.
18. GOL! Abduraimovning jarima zarbasidan oshirib bergan toʻpidan soʻng Fayziev boshi bilan sherigini toʻp bilan ta'minladi, uni Straxinya Boshnyak boshi bilan darvozaga kiritdi — 1:0!
17. Gʻanixonov havodagi kurashda maydonga noqulay yiqildi, unga tibbiy yordam koʻrsatildi.
16. Uuux! Bahromovning kuchli zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsiniga tegib qaytdi. Qaytgan toʻpni Abdixoliqov darvozaga yoʻnaltirishga urindi, ammo zarba kuchsiz chiqib qoldi.
11. Uuux! Eshmurodovning bosh bilan bergan zarbasidan soʻng toʻp darvoza toʻsiniga tegib qaytdi, shundan soʻng Abdixoliqov ham bosh bilan toʻpni darvozaga kiritishga harakat qildi, biroq bu holatda Murtozaev jamoasini qutqardi.
10. Abdiraxmatovning uzatmasidagn keyin toʻp Toʻxtasinovga tegib maydonni tark etdi.
7. Zarba! Muhitdinovning jarimadan oshirib bergan toʻpini Abdixoliqov darvoza tomon yoʻnaltirdi, noaniq.
4. Boshidan zarba qabul qilib olgan Straxinya Boshnyakka tibbiy yordam koʻrsatildi.
2. Uuux! Oʻyin yuqori tempda boshlandi. Ne'matov Ismoilovning kuchli zarbasini qaytargan boʻlsa, Gʻanixonov qaytgan toʻpni darvozaga kiritishga urindi, ammo himoyachilar toʻpni toʻsib qolishdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
Manba: championat.asia
Izohlar 0