Superliga. "Mash'al" Lushchan qoʻl ostida mavsumdagi ilk gʻalabasiga erishdi
Superliga
12-tur
“Mash'al” – “Qoʻqon-1912” 1:0
Gʻuzor. “Markaziy” stadioni. 20:00
Gol: Ergash Ismoilov (Humoyun Murtozaev) 62’
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yoʻldoshev, Sardor Umirzoqov
Zaxira hakami: Alisher Raximkulov
VAR: Akobirxoʻja Shukurullaev
AVAR: Avazbek Abdullaev
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Diyor Xotamqulov
“Mash'al”: 35.Dostonbek Toʻxtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov (99.Bobir Asqarov, 74), 9.Ibrohim Gʻanixonov (17.Anvar Murodov, 78), 10.Humoyun Murtozaev (7.Vlatko Stoyanovski, 88), 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Ilhomjon Abdigʻaniev (22.Nurjahon Muzaffarov, 88), 19.Toxir Toʻxtasinov, 28.Ergash Ismoilov (40.Ruhiddin Xolmatov, 88), 37.Sherzod Fayziev.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 34.Shahboz Joʻraev, 45.Suhrobjon Parmonqulov, 94.Farruh Ibrohimov.
“Qoʻqon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Equbov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (69.Egor Kondratyuk, 75), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev, 19.Shahzod Akramov, 21.Gʻulomhaydar Gulyamov (17.Farhodjon Sohibjonov, 68), 22.Toma Tabatadze, 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 68).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 14.Ibrohim Yoʻldoshev, 15.Zafar Hakimov, 18.Muhriddin Pazildinov, 70.Shohruh Mahmudhojiev.
Ogohlantirishlar: Muhammadali Aliqulov (45+3), Straxinya Boshnyak (85).
UChRAShUV YaKUNLANDI!
90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qoʻshib berildi.
89. “Qoʻqon-1912”da oʻzgarish: Gadoev oʻrniga Mahmudhojiev tushirildi.
88. “Mash'al”da 3 ta oʻzgarish: Abdigʻaniev oʻrniga Muzaffarov, Murtozaev oʻrniga Stoyanovski, Ismoilov oʻrniga Xolmatov bahsni davom ettiradi.
86. Uuuuux! Kondratyuk yaqin masofadan noaniq zarba berdi. Dahshat!
85. Straxinya Boshnyak Kondratyukka nisbatan ishlatilgan yaqqol fol uchun ogohlantirildi.
81. Zarbaaa! Husanovning zarbasini Toʻxtaboev bartaraf etdi.
79. Uuux! Aliqulovning bosh bilan bergan xavfli zarbasiga aniqlik etishmadi.
78. “Mash'al”da almashtirish: Gʻanixonov oʻrniga Murodov tushirildi.
77. Ibrohim Gʻanixonovga maydonning oʻzida tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
75. “Qoʻqon-1912”da oʻzgarish: Sidiqov oʻrniga Kondratyuk bahsga qoʻshildi.
74. “Mash'al”da almashtirish: Abduraimov oʻrniga Asqarov maydonga tushdi.
72. Salimovning pasidan soʻng mezbonlar himoyachilari toʻpni uzoqlashtirishdi.
68. “Qoʻqon-1912”da 2 ta oʻzgarish: Hasanov oʻrniga Husanov, Gulyamov oʻrniga Sohibjonov tushirildi.
67. Shota Gvazava Akramov tomon havolatib pas uzatdi, biroq toʻp maydondan chiqib ketdi.
65. VAR gol urilgan holatni oʻrganib chiqdi. Hammasi joyida.
62. GOL! Murtozaevning pasidan soʻng Ergash Ismoilov erlatib zarba yoʻlladi va hisobni ochdi — 1:0!
61. Zarbaaa! Tabatadze Gadoevning pasidan soʻng erlatib zarba berdi, juda xavfli, ammo noaniq.
58. Shohruh Gadoevning qanotdan havolatib amalga oshirgan uzatmasi ancha kuchli chiqib qoldi.
53. Salimov hujumda Ismoilovga nisbatan qoidani buzdi.
50. Alisher Salimovning uzun pasidan Toʻxtaboev toʻpga ega chiqdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi boʻlim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi — 0:0. Tanaffus!
45+4. Dostonbek Toʻxtaboev toʻpni sheriklariga otib berish chogʻida raqib futbolchilari tomonidan qarshilikka uchradi.
45+3. Muhammadali Aliqulov Shahzod Akramovga nisbatan fol ishlatdi va ogohlantirildi.
45. Birinchi boʻlimga 8 daqiqa qoʻshildi.
44. Tabatadze jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan kurashib yiqildi. Vaziyat VAR tomonidan oʻrganildi va qoida buzish yoʻqligi qayd etildi.
42. Toʻp nazorati 33 ga 67%: “Qoʻqon-1912” foydasiga.
40. Zarba! Shahzod Akramovning qanotdan tepgan zarbasidan keyin toʻp noaniq koʻrinish oldi.
39. Abduraimov qoidani buzish evaziga Gulyamovdan toʻpni olib qoʻyib, oldinga intildi, hakam oʻyinni toʻxtatdi.
36. Jamoalar navbati bilan hujumga oʻtishmoqda, ammo hozircha bu samara keltirganicha yoʻq.
34. Zafarbek Akramovning uzatmasidan soʻng himoyachilar toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.
32. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi. Tribunada Roʻziqul Berdiev koʻrinish berdi.
31. Tabatadze toʻpni qabul qilib olganida ofsayd qayd etildi, hujumchining oʻzi bu fikrga qoʻshilmayapti.
28. Zarbaa! Arkamovning pasidan soʻng Tabatadze zarba berdi, Toʻxtaboev qaytardi!
26. Zarbaaa! Tabatadzening jarimadan yoʻllagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
22. Salimovning qanotdan oshirib bergan toʻpini Dostonbek Toʻxtaboev ilib oldi.
18. Endi birinchi boʻlimga ancha-muncha vaqt qoʻshib berilsa kerak.
16. Elektr tiklandi, bahs davom etadi.
9. Gʻuzorda chiroq oʻchib qolgani tufayli oʻyin toʻxtab qoldi…
6. Davronovning erkin zarbasidan soʻng toʻp hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
3. Qoʻqonliklar toʻpga egalik qilgan holda oʻyin nazoratini qoʻlga olishga harakat qilishmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
Manba: championat.asia
Izohlar 0