Superliga. Dorievning yagona goli "Soʻgʻdiyona"ga "Andijon" ustidan muhim gʻalaba keltirdi
Superliga
16-tur
“Soʻgʻdiyona” – “Andijon” 1:0 LIVE
Zomin. “Zomin” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov
Zaxira hakam: Umidjon Nutfulloev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Umidjon Rahimjonov
Komissar: Davron Ibrohimov
Gol: Lyupcho Doriev (Oybek Nurmatov) 78
"Soʻgʻdiyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Joʻraboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov (33.Shohjahon Sultonmurodov, 84), 7.Petar Michin, 8.Jamshid Boltaboev, 10.Javohir Qahramonov (77.Oybek Nurmatov, 65), 14.Lyupcho Doriev ( 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 84), 17.Ollabergan Karimov, 18.Igor Golban, 19.Zabihillo Oʻrinboev (Samandar Mavlonqulov, 46)
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 6.Behruz Asqarov, Mustafoqulov,29.Amirbek Saidov, Nodir Soyibov,
“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 6.Aleksandre Andronikashvili (18.Damir Temirov,88), 7.Poʻlatxoʻja Xoldorxonov ( 33.Doniyor Abdumannopov, 72), 11.Humoyunmirzo Iminov (10.Dragan Cheran, 46), 17.Azizbek Turgʻunboev (70.Hamidullo Karimov, 72), 20.Islom Toʻxtaxoʻjaev, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Bekzod Sulaymonov (8.Shohmalik Komilov, 46), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.
Zaxira: 19.Artyom Potapov, Gʻulomov, 14.Abdurahmon Komilov, Yorqinboev.
Ogohlantirish: Behruz Jumatov (“Soʻgʻdiyona”) 60
90. Ikkinchi boʻlimga 4 daqiqa qoʻshib berildi.
88. OʻZGARISh. “Andijon”, Aleksandro Andronikashvili oʻrniga Damir Temirov tushdi.
84. OʻZGARISh. “Soʻgʻdiyona”, Lyupcho Doriev oʻrniga Abdulaziz Abdurashidov, Aziz Turgʻunboev oʻrniga Hamidullo Karimov
78. GOL. Doriev oxiri baribir niyatiga etdi. U “Soʻgʻdiyona”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oybek Nurmatov jamoadoshini qulay pozitsiyada turganini koʻrdi va toʻpni uzatdi. Doriev toʻpni mohirona tarzda darvozaga yoʻlladi.
74. Mahamadjonovning uzatmasini Cheran oʻyindan tashqari holatda qabul qilib oldi.
72. OʻZGARISh. “Andijon”, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov oʻrniga Doniyor Abdumannopov, Aziz Turgʻunboev oʻrniga Hamidullo Karimov tushdi.
70. Mezbonlarning hujumi Michinning zarbasi bilan yakunlandi. Zarba noaniq.
65. OʻZGARISh. “Soʻgʻdiyona”, Javohir Qahramonov oʻrniga Oybek Nurmatov tushdi.
59. OGOHLANTIRISh. Behruz Jumatov, “Soʻgʻdiyona”!
49. ZARBA. Dorievning zarbasini Adhamov qiyinchilik bilan qaytardi.
46. OʻZGARISh. “Andijon”, Bekzod Sulaymonov oʻrniga Shohmalik Komilov, Xumoyunmirzo Iminov oʻrniga Dragan Cheran tushdi.
46. OʻZGARISh. “Soʻgʻdiyona”, Zabihillo Oʻrinboev oʻrniga Samandar Mavlonqulov tushdi.
Ikkinchi boʻlim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi boʻlimga 1 daqiqa qoʻshib berildi.
40. Oʻyinda temp pastladi.
34. Dorievning yana bir zarbasi noaniq ketdi.
29. Dorievning uzatmasi toʻgʻri Adhamovning qoʻliga borib tushdi.
25. “Andijon” darvozaboni Eldor Adhamov birinchi boʻlimning birinchi qismining eng yaxshi futbolchisi boʻlib turibdi.
22. ZARBA VA SEYV. Michinning zarbasini yana Adhamov bartaraf etdi.
20. ZARBA VA SEYV. Dorievning qulay pozitsiyadan yoʻllagan zarbasini Adhamov qaytarishga muvaffaq boʻldi.
10. Mehmonlar oldinga oʻtishga urinib koʻrdi. Bekzod Sulaymonov faol harakat qildi.
5. “Soʻgʻdiyona” ilk daqiqalardan ustunlikni qoʻlga oldi. “Andijon” himoyachilari va darvozaboni ishonchli harakat qildi.
Oʻyinga start berildi.
-Oʻyin boshlanishiga barcha narsa shay.
-Jamoalar maydonga chiqib keldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0