Fidbol.net

Superliga. "Bunyodkor" – "Surxon" (matnli translyatsiya)

Tahririyat 9
Superliga. "Bunyodkor" – "Surxon" (matnli translyatsiya)

Superliga

20-tur

“Bunyodkor” – “Surxon” 0:0

Toshkent. “Jar” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Olim Toʻychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh A'zamov, Aziz Isoqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamraqulov

VAR: Gʻayrat Joʻraev

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Davron Ibrohimov

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir Toʻraqulov, 11.Sardor Abdunabiev, 14.Shahzod Ne'matjonov, 21.Nosir Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 39.Fahriddin Muhammadov, 44.Alijon Bekmurotov, 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 88.Mirkomil Annamatov.

Zaxira: 16.Federiko Botti, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimon Ahmadjonov,19.Mirkomil Murodov, 31.Abdurahmon Sulaymonov, 42.Abdulhamid Ikromov, 56.Abdulqodir Mirfayziev, 74.Ivan Bukrin.

"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherboʻtaev, 11.Richard Fraydey, 15.Diyor Ramazonov, 17.Sarvar Abduhamidov, 18.Behruz Oʻktamov, 19.Farruh Qodirov, 21.Tornike Dzebniauri, 66.Behroʻz Shaydulov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 10.Sunnatulla Abdullajonov, 13.Azamat Nurullaev, 23.Komronbek Yusupov, 27.Muhammadali Musaxanov, 31.Kamronbek Ergashev, 39.Mirmaqsud Mirusmonov, 41.Abdurahmon Daminov, 70.Farhodbek Salixjonov.

Ogohlantirish: Diyor Ramazonov (25)

⏱️ 46-daqiqa. Bosh hakam Olim Toʻychiboev ikkinchi boʻlimni boshlab beruvchi hushtakni chaldi. Jamoalar maydonga qaytdi va bahs davom etmoqda. Hozircha hisob ochilmagan – 0:0.

⏸️ 45+2 daqiqa. Hakamning hushtagi yangrab, birinchi boʻlim yakunlandi. Tomonlar murosasiz va hujumkor oʻyin koʻrsatgan boʻlsa-da, hozircha hisob ochilmadi – jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yoʻl olishmoqda.

🔥 45-daqiqa. Birinchi boʻlim soʻngida "Surxon"dan xavfli vaziyat! Dostonbek Tursunov burchak toʻpini jarima maydonchasi tashqarisida turgan Behruz Oʻktamovga uzatdi. Oʻktamov toʻpni toʻxtatmasdan kuchli zarba yoʻlladi, biroq "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov yana bir bor oʻz oʻrnida toʻpni egallab oldi.

🔥 35-daqiqa. "Surxon" yarim himoyachisi Humoyun Sherboʻtaev jarima zarbasini toʻgʻridan-toʻgʻri darvozaga aniq yoʻlladi. Ammo "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abdujalilov mahorat koʻrsatib, xavfli zarbani qaytarishga erishdi.

30-daqiqa. "Surxon"ning hujumi: Richard Fraydey oʻng qanotdan tezlik bilan oldinga siljib, jarima maydonchasi ichiga uzatmani amalga oshirdi. Biroq "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov chaqqonlik koʻrsatib, toʻpni ishonchli tarzda egallab oldi.

🟨 25-daqiqa. Uchrashuvda dastlabki sariq kartochka koʻrsatildi. "Surxon" a'zosi Diyor Ramazonov raqib hujumchisi Shahzod Ne'matjonovga nisbatan xavfli harakat qilgani uchun bosh hakam Olim Toʻychiboev tomonidan ogohlantirildi.

🔥 23-daqiqa. Mezbonlarda xavfli vaziyat! "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov toʻpni tezkorlik bilan uzoq masofaga, oldinga intilayotgan Fahriddin Muhammadovga oshirdi. Natijada hujumchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, toʻpni bosh bilan uning ustidan darvozaga yoʻllashga harakat qildi, biroq zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

15-daqiqa. Oʻtgan daqiqalar davomida "Surxon" vakillari ketma-ket bir nechta burchak zarbalarini amalga oshirdi. Biroq standart vaziyatlar mezbonlar darvozasi oldida jiddiy xavf tugʻdirmadi – "Bunyodkor" himoyachilari ishonchli harakat qilib, toʻpni oʻz jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.

8-daqiqa. "Surxon" futbolchilari burchak toʻpi tepish imkoniyatiga ega boʻldi. Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan toʻpga mehmonlar vakili zarba yoʻlladi, ammo toʻp darvozaga aniq bormadi. "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov toʻpni oʻyinga kiritadi.

⏱️ 1-daqiqa. Bosh hakam Olim Toʻychiboevning hushtagi yangradi va "Jar" stadionida "Bunyodkor" hamda "Surxon" jamoalari oʻrtasidagi bahsga start berildi. Jamoalar dastlabki daqiqalardan maydon markazida faol harakatlarni boshladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring