Fidbol.net

Superliga. "Bunyodkor" "Nasaf"dan soʻng "Buxoro"ga ham magʻlub boʻldi

Tahririyat 2
Superliga. "Bunyodkor" "Nasaf"dan soʻng "Buxoro"ga ham magʻlub boʻldi

"Buxoro" - "Bunyodkor" 1:0 (TUGADI)

21 iyul, 20:00
Bosh hakam:
Shavkat Nasibullaev
Qanot hakamlari: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Dushanov
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR hakamlari: Abdurashid Xudoyberganov, Edita Mirobidova (AVAR)
Komissar: Oybek Davletmuratov

Gol: Asadbek Joʻraboev 45+1, 1:0

“Buxoro”: 12. Umidjon Hamroev, 5. Sardor Qulmatov (25. Sherzod Esanov, 66), 6. Ravshan Xayrullaev, 11. Temur Mamasidiqov, 17. Javohir Roʻziev, 22. Asadbek Joʻrabekov, 27. Muhammad Yoʻldashev, 30. Boyan Mladovich, 42. Kirill Todorov, 78. Vladimir Rodich, 97. Shohboz Joʻrabekov.

Zaxira: 13. Azizxon Isoqov, 8. Anvarjon Joʻraev, 9. Nika Kacharava, 10. Shahzodbek Ubaydullaev, 14. Islombek Baratov, 19. Abbos Umarov, 77. Asilbek Qayumov, 88. Dominik Begich.

Bunyodkor”: 1. Abdumavlon Abduljalilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Najmiddin Normurodov, 6. Boburbek Yoʻldoshev ( 66. Azizbek Toʻlqinbekov, 68), 8. Dmitriy Pletnyov (11. Sardor Abdunabiev, 80), 9. Matiya Krivokapich, 10. Amir Toʻraqulov, 18. Narimonjon Ahmadjonov (27. Islom Anvarov,80) 21. Nosirjon Abdusalomov, 45. Shamsiddin Tursunmahamadov (17. Muzaffar Olimjonov, 60), 77. Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 16. Federiko Botti, 19. Mirkomilbek Murgʻodov, 20. Abdulfayz Bobomurodov, 28. Samandarjon Mavlonqulov,88. Mirkomil Annamatov.

Ogohlantirish: Javohir Roʻziev (“Buxoro”) 40, Ravshan Xayrullaev (“Buxoro”) 54

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi boʻlimga 4 daqiqa qoʻshib berildi.

85. OʻZGARISh. “Buxoro”, Vladimir Rodich oʻrniga Asilbek Qayumov tushdi.

80. OʻZGARISh. “Bunyodkor”, Narimon Ahmadjonov oʻrniga Islom Anvarov, Dmitriy Pletnyov oʻrniga Sardor Abdunabiev tushdi.

78. OʻZGARISh. “Buxoro”, Asadbek Joʻraboev oʻrniga Nika Kacharava tushdi.

67. OʻZGARISh. “Bunyodkor”, Bobur Yoʻldoshev oʻrniga Azizbek Toʻlqinbekov tushdi.

IMG_7915.JPG

66. OʻZGARISh. “Buxoro”, Sardor Qulmatov oʻrniga Sherzod Esanov tushdi.

60. OʻZGARISh. “Bunyodkor”, Shamsiddin Tursunmuhammadov oʻrniga Muzaffar Olimjonov tushdi.

58. ZARBA. Yana Asadbek Joʻraboev yana boshi bilan zarba yoʻlladi. Abdumavlon Abdujalilov toʻpni qaytardi. Boz ustiga oʻyindan tashqari holat ham boʻlgan ekan.

54. OGOHLANTIRISh. Ravshan Xayrullaevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Ikkinchi boʻlim boshlandi.

IMG_7851.JPG

Tanaffus!

45+1. GOL. “Buxoro” tanaffusga gʻalaba bilan chiqib ketadigan boʻldi. Rodich “Bunyodkor” jarima maydoni ichida erkin harakat qilib toʻpni Joʻraboevga uzatdi. Toʻp unga tegib darvoza toʻridan joy egalladi.

45. Birinchi boʻlimga 1 daqiqa qoʻshib berildi.

44. Bobur Yoʻldoshevning uzatmasifat zarbasini Umidjon Hamroev qaytarib yubordi. Oxirgi 3 daqiqada “qaldirgʻochlar” ustunlik qayd etdi.

40. OGOHLANTIRISh. Javohir Roʻziev, “Buxoro”!

39. ZARBA. Javoxir Roʻziev raqib jarima maydoni ichida “Bunyodkor” himoyachilarini ortda qoldirib zarba yoʻlladi. Xavfli lekin noaniq.

36. Amir Toʻraqulov kuchli zarba bilan toʻpni tepdi. Toʻp darvoza tepasidan oʻtib ketdi.

31. UUUX. “Buxoro” oʻyindagi ilk keskin vaziyatni yaratdi. Asadbek Joʻraboevning boshi bilan yoʻllagan zarbasi ustunga tegdi.

IMG_7842.JPG

28. “Buxoro” yarim himoyachisi Xayrullaevning zarbasi juda noaniq koʻrinish oldi.

25. “Bunyodkor” chiroyli tarzda raqib himoyasini yorib oʻtmoqchi boʻldi. Uzatmalar yakuni gol bilan tugamadi.

20. “Bunyodkor” oldinga oʻtishga urinib koʻrdi. Zarba noaniq.

13. Oʻyinda temp yuqori emas!

7. Yana “Buxoro”dan hujum uyushtirdi. Xayrullaevning zarbasi noaniq chiqdi.

3. ZARBA. Joʻrabekov autdan oʻzi toʻpni tashladi, himoyachilardan qaytgan toʻpni darvozaga yoʻlladi. Yana “Bunyodkor” himoyachilar toʻp yoʻliga toʻgʻanoq boʻldi.

  • Oʻyinga start berildi.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring