Fidbol.net

Superliga . "Andijon" qatorasiga 3-uchrashuvda gʻalaba qozondi, "Xorazm"ning gʻalabasiz seriyasi uchtaga etdi

Tahririyat 20
Superliga . "Andijon" qatorasiga 3-uchrashuvda gʻalaba qozondi, "Xorazm"ning gʻalabasiz seriyasi uchtaga etdi

Superliga

11-tur

"Xorazm" – "Andijon" 0:3

Gol: 15 - Aleksandre Androkinashvili (Bekzod Sulaymonov), 20 - Humoyunmirzo Iminov (Poʻlatxoʻja Xoldorxonov), 90+4 Dragan Cheran

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Jalolxon Inogʻomxoʻjaev

“Xorazm”: 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 7.Temurbek Ismoilov (11.Danila Ejov,65), 13.Elzio Lohan (17.Danil Nugumanov, 65), 15.Diyorbek Ortiqboev (8.Nodir Abduxoliqov,16), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom (88.Abror Xoʻsinov.46), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (70.Sultonboy Ismoilov, 58), 96.Rafael Sabino, 97.Bubakar Traore.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 9.Jasur Azimov, 80.Farruh Ibrohimov,

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 6.Aleksandre Androkinashvili, 7.Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (27.Martin Boake.64), 9.Imeda Ashortia (5.Abdulvohid Gʻulomov, 90+4), 11. Humoyunmirzo Iminov (10.Dragan Cheran,77), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov (17.Azizbek Turgʻunboev, 64), 22.Usmonali Ismonaliev, 28.Bekzod Sulaymonov (26.Muhammadkarim Toirov, 64), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 14.Abdurahmon Komilov, 19.Sayfiddin Sodiqov, 20.Islom Toʻxtaxoʻjaev,

Ogohlantirish: 75 - Danila Ejov, 85 - Mahmudjon Mahamadjonov, 85 - Abbos Otaxonov

Uchrashuv yakunlandi

90+5. GOOOL. Dragan Cheran uchrashuvga "nuqta" qoʻydi

Hakam ikkinchi boʻlimdagi toʻxtalishlar uchun 5 daqiqa qoʻshib berdi

84. Maydonda haqiqiy jang boshlandi. Mahamadjonov bilan Otaxonov muxlislarga haqiqiy jangni koʻrsatib berishdi. Hakamlarhar ikki futbolchiga sariq berdi

80. Hamidjonovning boshi bilan yoʻllagan zarbasini Adhamov qiyinchilik bilan bartaraf etdi

78. Nugmanovning uzoqdan yoʻllagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

77. Iminovning oʻrniga Cheran maydonga tushdi

75. Ejov ogohlantirildi

70. Ashortia hisobni yirik koʻrinishga keltirdi, biroq hakam bu vaziyatda ofsayd borligini ma'lum qildi

69. Turgʻunboev bitta himoyachidan ajoyib tarzda oʻtdi va zarba yoʻlladi. Stoshich qiyinchilik bilan toʻpni qaytardi

67. Pirmuhammedovning yaqin masofadan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi

65. Lohan va Ismoilov maydoni tark etdi, ularning oʻrniga Ejov va Nugmanov maydonga tushdi

64. Temirovning oʻrniga Turgʻunboev maydonga tushdi, Boake esa Sulaymonovning oʻrniga maydonga tushdi. Toirov esa Xoldorxonovni alishtirdi

58. Ismoilov maydonga tushdi, u Abduhamidovni alishtirdi

54. Qarshi hujumdan soʻng mezbonlar hisobni qisqartirishi mumkin edi, Mahamadjonov soʻnggi soniyada toʻpni burchakka chiqarib yubordi

50. Abduhamidovning boshi bilan yoʻllagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

49. Abduhamidovning uzatmasiga Traore etib kela olmadi

Ikkinchi boʻlim boshlandi

Birinchi boʻlim yakunlandi

43. Tantashev VARni tingladi va mezbonlar darvozasiga penalti belgilashga asos yoʻq deb hisobladi

39. Ashortianing navbatdagi ajoyib zarbasi va yana mezbonlar darvozabonidan seyv

37. Ashortianing uzoqdan yoʻllagan kucli zarbasini Stoshich qiyinchilik bilan bartaraf etdi

34. Nodir Abdixoliqovning uzoqdan yoʻllagan zarbasi ancha noaniq ketdi

31. Sunnatulloh Hamidjonovning jarima maydonchasining yaqinidan bergan kuchli zarbasi noaniq ketdi

22. Ustunlik toʻliq mehmonlarga oʻtib ketdi. Yana bir zarbaga aniqlik etishmadi

photo_2026-05-04_19-21-42.jpg

20. GOOOL. Mehmonlar urchak toʻpidan aniq ishlanmani amalga oshirib berdi. Iminov-Xoldorxonov tandemi orqali Humoyunmirzo hisobni oʻzgartirdi

19. Sulaymonov qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, Rom sal qolsa oʻz darvozasiga gol urib qoʻyishi mumkin edi.

16. Ortiqboev jarohat sababli maydoni tark etdi, uning oʻrniga Abdixoliqov maydonga tushdi

15. GOOOL. Aleksandre Androkinashvili SUPERGOL urmoqda. Gruziyalik futbolchi raqib maydonchasiga kirmasdan uzoqdan zarba yoʻlladi, bu zarba oldida xorazmliklar posboni ojiz qoldi

10. Jarimadan uzatilgan toʻpni Adhamov qiyinchiliksiz ushlab oldi. Hozircha uchrashuv asosan maydon markazida oʻtmoqda

2. Ilk daqiqadan mehmonlar ajoyib hujumni tashkil qilishdi. Ashortianing uzatmasidan soʻng Sulaymonov boshi bilan zarba yoʻlladi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi

photo_2026-05-04_19-54-53.jpg

Uchrashuv boshlandi!

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring