Fidbol.net

Superliga. 3 nafar futbolchi maydondan chetlatilgan toʻqnashuvda "Paxtakor" "Andijon" bilan durang oʻynadi

Tahririyat 3
Superliga. 3 nafar futbolchi maydondan chetlatilgan toʻqnashuvda "Paxtakor" "Andijon" bilan durang oʻynadi

Superliga

15-tur

“Andijon” – “Paxtakor” 0:0

Andijon. “Bobur Arena”. 19:30

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

VAR: Akobirxoʻja Shukurullaev

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Shohruh Said

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (10.Dragan Cheran, 46), 11.Humoyunmirzo Iminov (27.Martin Boake, 67), 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turgʻunboev (33.Doniyor Abdumannopov, 75), 18.Damir Temirov (6.Aleksandre Andronikashvili, 46), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Bekzod Sulaymonov, 77.Mahmudjon Mahamadjonov (70.Hamidullo Karimov, 75).

Zaxira: 19.Artyom Potapov, 8.Shohmalik Komilov, 14.Abdurahmon Komilov, 20.Islom Toʻxtaxoʻjaev.

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (14.Rustam Turdimurodov, 82), 23.Abdurauf Boʻriev, 27.Sardor Sobirxoʻjaev (9.Ibrohim Ibragimov, 82), 34.Sherzod Nasrullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 60), 90.Stefan Chinedu (50.Flamarion, 60).

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 20.Dilshod Abdullaev, 33.Quvanishbek Saydaliev, 44.Diyor Ermanov.

Ogohlantirishlar: Odilbek Abdumajidov (43), Azizbek Turgʻunboev (44), Bekzod Sulaymonov (85).

Chetlatishlar: Nemanya Chalasan (80), Martin Boake (90+3), Muhammadrasul Abdumajidov (90+3).

UChRAShUV YaKUNLANDI! 

90+3. Martin Boake va Muhammadrasul Abdumajidov maydondan chetlatildi. Ular toʻpsiz holatda oʻzaro janjallashgan edi.  

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qoʻshildi. 

90. Eldor Adhamov toʻp uchun kurashda Hamdamov bilan toʻqnashib ketdi. Unga tibbiy yordam koʻrsatiladi. 

87. Zarbaaa! Hamdamovning olisdan bergan zarbasidan keyin toʻp rikoshet orqali sal noaniq bordi. 

85. Sulaymonov Flamarionni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi. 

84. Cheranning Karimov tomon yaxshi oʻylangan pasidan soʻng Saitov toʻpni oʻz vaqtida tepib yubordi. 

82. Zarbaa! Hamdamovning jarimadan yoʻllagan zarbasidan keyin toʻp jonli devorga tegib qaytdi. 

82. “Paxtakor”da 2 ta oʻzgarish: Sobirxoʻjaev oʻrniga Ibragimov, Bashar oʻrniga Turdimurodov oʻyinga qoʻshildi. 

80. Nemanya Chalasan xatoga yoʻl qoʻyib, soʻnggi umid foli sifatida Sobirxoʻjaevni ushlab toʻxtatib qoldi va qizil kartochka oldi.  

75. “Andijon”da 2 ta oʻzgarish: Turgʻunboev oʻrniga Abdumannopov, Mahamadjonov oʻrniga Karimov tushirildi. 

73. Abdumajidov Flamarionni qoʻli bilan ushlab yiqitdi. Mehmonlar unga yana bir sariq kartochka berishni talab qilmoqda. 

71. Hakamlar tomonidan salqinlanish daqiqasi e'lon qilindi. 

70. Zarba! Hamdamovning olisdan yoʻllagan zarbasi kuchli, ammo ancha noaniq ketdi. 

67. “Andijon”da almashtirish: Iminov oʻrniga Boake maydonga tushdi. 

65. Zarbaaa! Nasrullaevning uzatmasidan soʻng Hamdamov bosh bilan zarba yoʻlladi, sal noaniq.  

63. Mozgovoyning hujumga joylashgan Hamdamov tomon uzun pasidan soʻng Adhamov toʻpga chiqib kelib, uni tepib yubordi. 

60. “Paxtakor”da 2 ta almashtirish: Chinedu oʻrniga Flamarion, Bozorov oʻrniga Hamdamov bahsni davom ettirali. 

59. Uuux! Boʻrievning erlatib bergan pasidan soʻng Sherzod Nasrullaev zarba berdi, Adhamovdan bir qoʻlida seyv! 

55. Muhammadkarim Toirovning burchak zarbasidan oshirib bergan toʻpini Quvvatov egallab oldi. 

53. Mozgovoyning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan soʻng toʻp maydonni tark etdi. 

51. Zarbaaa! Turgʻunboevning zarbasidan keyin toʻp himoyachilarga tegib qaytdi. 

50. Bashar Resan Mahamadjonovga nisbatan qoidani buzdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. “Andijon”da 2 ta oʻzgarish: Xoldorxonov oʻrniga Cheran, Temirov oʻrniga Andronikashvili tushirildi. 

Birinchi boʻlim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi. 

44. Hakam Turgʻunboevni ogohlantirdi. U Mozgovoy bilan toʻqnashgandi. 

43. Odilbek Abdumajidov Bashar Resanni qoʻpollik evaziga toʻxtatib qoldi va ogohlantirildi. 

39. Gol ofsayd tufayli bekor qilindi. Stefan Chinedu sal oldingi vaziyatda oʻyindan tashqari holatda boʻlgan.  

37. Gol VAR orqali tekshirib chiqilmoqda. 

34. GOL! Bashar Resanning uzatmasidan soʻng Akmal Mozgovoy toʻpni butsasining uchi bilan darvozaga yoʻnaltirib qoʻydi — 0:1!

32. Zarbaaa! Bozorovning zarbasidan keyin Adhamov uni qaytardi, qaytgan toʻpni Chalasan maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

31. Sanjar Quvvatov havodan uchib kelgan toʻpni qabul qilish chogʻida jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketgan boʻlishi mumkin. Muxlislar bunga qoʻshilishmayapti va e'tiroz bildirishmoqda. 

30. Takroriy lavhalarga koʻra, Damir Temirov hech qanday harakat qilmagan va bu “kontakt” penalti uchun etarli emas. 

29. Sobirxoʻjaev jarima maydonchasi ichida yiqilib, hakamga qaradi, referi penaltm yoʻqligini ma'lum qildi. 

26. Ismonaliev toʻpni olib qoʻyish ilinjida Chineduni yiqitdi. Uchrashuv hozircha faqat qoidabuzarliklar bilan esda qolmoqda. 

24. Hakam tomonidan salqinlanish vaqti e'lon qilindi. 

23. Turgʻunboev havolatib amalga oshirilgan uzatmani qabul qilib oldinga intilayotgandi, biroq shu vaqtda ofsayd qayd etildi. 

20. Sobirxoʻjaev qanotda Mahamadjonovga nisbatan qoidani buzdi. 

18. Bu safar Iminov Chineduni yiqitishga majbur boʻldi. 

15. Boʻriev Iminovga nisbatan qoʻpollik ishlatdi. 

14. Bekzod Sulaymonov qanotdan yorib kirdi, Abdumajidov soʻnggi pallada toʻpni uzoqlashtirishga urindi, ammo toʻp Boʻrievga tegib maydonni tark etdi. 

10. Uuux! Akmal Mozgovoyning olis masofadan yoʻllagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

9. Uuux! Sulaymonovning toʻxtatmasdan tepgan zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻridan joy olishiga bir baxya qoldi. 

8. Turgʻunboevning qanotdan uzatgan pasidan keyin toʻp maydonna tark etdi, Quvvatov uni maydonda olib qololmadi. 

5. Basharning havolatib oshirib bergan toʻpini Adhamov urib yubordi. 

4. Zarbaa! Mahamadjonovning zarbasi rikoshet orqali darvozabonga borib tushdi. 

3. Uuux! Resanning burchak zarbasi orqali oshirib bergan pasidan soʻng Muhammadrasul Abdumajidov bosh bilan zarba berdi, Chalasan darvozaga kirib ketayotgan toʻpni qaytardi!

2. Sobirxoʻjaev Mozgovoy bilan paslashgan holda ichkariga pas uzatishga urindi, biroq himoyachi bunga toʻsqinlik qildi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring