Fidbol.net

«Siti» Anderson uchun 80 million funtdan ko‘proq to‘lashga tayyor

Tahririyat 3
«Siti» Anderson uchun 80 million funtdan ko‘proq to‘lashga tayyor

«Manchester Siti» Elliot Anderson bo‘yicha ikkinchi taklifni tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda jurnalistlar Aleks Kruk va Ben Jeykobs.

Avvalroq «shaharliklar» «Nottingem Forest» yarim himoyachisining transferi bo‘yicha dastlabki taklifni yuborishgani, biroq «o‘rmonchilar» tomonidan rad javobi berilgani ma’lum bo‘lgan edi. Klub Angliya terma jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisi uchun 80 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor ekanligi aytilmoqda.

«Manchester Yunayted» ham Andersonni sotib olish umidini uzmayapti, biroq «Siti» bu poygada ancha qulayroq pozisiyada ekanligini tushunib turibdi.

Yakunlangan mavsumda Elliot APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring