Fidbol.net

Shavkat Yusupov: "Kubokda uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz"

Tahririyat 17
Shavkat Yusupov: "Kubokda uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz"

Bunda "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov ishtirok etdi.

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Bugungi gʻalaba bilan muxlislarimizni, jamoamiz vakillarini va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Oʻyin yaxshi boshlandi va raqib bizga yaxshi qarshilik koʻrsatdi. Lekin ikkinchi golni urganimizdan soʻng "Qoraqalpogʻiston FA" oʻyinchilarida kayfiyat tushib ketdi. Shundan soʻng oʻyin tizginini oʻz qoʻlimizga olib hujumlar sonini oshirdik. Gʻalabaning katta-kichigi boʻlmaydi, bu oʻyinda uch ochko bizga juda zarur edi.

- Bilamizki, "FarDU" safida ikki nafar qoraqalpogʻistonlik futbolchi oʻynab kelmoqda. Ularning oʻyinini qanday baholaysiz?
- Bugungi bahsda Bobur Farhodov bilan Norxon Sheripov yaxshi harakat qilishdi. Ikkalasi gol urdi, golli vaziyatlar yaratdi, bugun eng yaxshi oʻyinlaridan birini oʻtkazishdi.

- "FarDU" jamoasi Kubokda uzoqqa borishni maqsad qilyaptimi?

- Oldingi uchrashuvlarda jarohat olgan futbolchilar sogʻayib tarkibga qaytdi. Bobur Farhodov, Asadbek Zokirjonov, Norxon Sheripov kabi oʻyinchilarimizda jarohat bor edi. Ular sogʻayib maydonga qaytishdi va oʻyinda asosiy ishni bajarishdi. Maqsadimiz - Kubok musobaqasida uzoqroqqa borish. Shu sababli bugun katta rotatsiyaga qoʻl urmadik. Oldinda bizni "Navbahor"ga qarshi bahs kutmoqda. Bugungi oʻyin navbatdagi uchrashuv oldidan tayyorgarlik vazifasini oʻtab berdi desa boʻladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring