Sesk Fabregas Nikolas Pasning kelajagiga oydinlik kiritdi: "Boshqa hech qanday variant yo‘q"
"Komo" jamoasi bosh murabbiyi Sesk Fabregas o‘z jamoasi yetakchisi Nikolas Pasning kelajakdagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Avvalroq hujumkor yarim himoyachi yozgi transfer oynasida Madridning "Real" klubi tomonidan sotib olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, milanliklarning "Inter" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani aytilgandi.
"Pas "Inter"ga yoki boshqa biror klubga o‘tmaydi. Niko yoki Madridning "Real" safida, yoki "Komo" tarkibida o‘ynaydi. Boshqa hech qanday variant yo‘q", — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda A Seriyada Pas 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0